Tadbirkorlik pdf


Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar –


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – mamlakat yaxlit iqtisodiyoti darajasidagi
ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni o’lchash va baholash imkoniyatini
beruvchi ko’rsatkichlar. Masalan, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy
o’sish, ishsizlik, inflyasiya darajasi va boshqalar.
Moliyaviy «ko’piklar» – real qiymatga ega bo’lmagan pul va obligasiyalar
hajmining ko’payishi.
Moliyaviy institutlar – belgilangan qonun-qoidalar doirasida faoliyat
yurituvchi mamlakatdagi moliya-kredit tashkilotlari.
Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshliligi – mamlakatning o’rta va
uzoq muddatga iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlab turish qobiliyati
Mahalliylashtirish – import qilinadigan tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar
va materiallarni mamlakatda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish orqali unga ichki
talabni qondirish va eksportini yo’lga qo’yish.
Marketing – bozor talablariga bo’ysungan holda iste’molchilar ehtiyojini
imkoni boricha qondirishga qaratilgan xo’jalik faoliyatini tashkil etish va
boshqarish tizimi.
Notijorat yuridik shaxs – ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad
(foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan
daromadlar (foyda)ni o’z a’zolari o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini-o’zi
boshqarish tashkiloti. 
Nou-xou – mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirishni yengillashtirish va
tezlashtirishga imkon beruvchi texnik bilim, texnik tajriba, ishlab chiqarishning


yashirin imkoniyatlari.
Offerta – sotuvchining mol xarid imkoni bor xaridorga ma’lum shartlar
asosida mol to’plamini sotish haqida yuborgan taklifi.
Pablik rileyshnz – mol, xizmat, firma, korxona haqida yaxshi fikrni vujudga
keltirish jarayoni.
Proteksionizm – milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida chet yel
raqobatidan saqlash, himoya qilish.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling