Tadbirkorlik pdf
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
Raqobatbardoshlik – biror turdagi molning iste’mol qiymati mos keladigan
boshqa tovarga solishtirish, taqqoslash ko’rsatkichi. Revalvasiya – boshqa davlatlar valyutasiga nisbatan milliy valyuta rasmiy kursining oshishi. Rentabellik – korxona faoliyatining foydalik darajasi. Uning uch xil ko’rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi va sotilgan mahsulot rentabelligi. Bu ko’rsatkichlarni balansdagi (sof) foyda ko’rsatkichini korxona aktivlarining o’rtacha yillik qiymati, muomalaga chiqarilgan aksiyalar miqdori, xususiy kapital miqdori va sotilgan mahsulot tannarxiga nisbati bilan belgilanadi. Reklama – tovarlar, xizmatlar haqida turli vositalar bilan ochiq xabardor qilish. Rentabellik – xarajatlarni oqlaydigan, xo’jalik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq, foydali, draomadli. Rentabellik ko’rsatkichi foydaning moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarga nisbati bilan o’lchanadi. Refaksiya – tovarning narxi yoki og’irligidan uning buzilgan yoki kamaygani uchun chegirma qilish. Stagnasiya – iqtisodiyotda turg’unlikni anglatadi. Stagflyasiya – iqtisodiyotning shunday holatiki, bunda turg’unlik va pulning qadrsizlanishi birgalikda hukm suradi. Sug’urta – kutilmagan sharoitlar yoki tavakkalchilikdan ko’rilgan zararni qisman yoki to’liq qoplash, muhofaza qilish choralari. Tadbirkor – yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki tashkil yetmasdan doimiy asosda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxs. Tadbirkorlik – mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunchilik doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatish. Tantyema – savdo, sanoat, bank, aksionerlar tashkilotlari foydasidan bu tashkilotlarning boshqaruv xodimlariga to’lanadigan qo’shimcha mukofot. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling