Tadbirkorlik pdf


Tarif – biror ish, xizmat uchun rasmiy hamda belgilangan to’lov. Tashqi savdo balansi


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Tarif – biror ish, xizmat uchun rasmiy hamda belgilangan to’lov.
Tashqi savdo balansi – ma’lum davr (oy, chorak, yil) davomida mamlakatga
keltiriladigan va undan chiqariladigan tovarlar qiymati o’rtasidagi nisbat.
Tender – birjada savdo o’tkazishda tushadigan taklif. Taklif berish tartibi
savdoni o’tkazadigan tashkilotchilar tomonidan belgilanadi.
To’lov valyutasi – tomonlarning kelishuvi bilan tovarlarning tashqi savdo
aloqalarida haqini to’lash yoki xalqaro kreditni qaytarishda ishlatiladigan valyuta.
To’lovga qodirlik – yuridik yoki jismoniy shaxsning moliyaviy
majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olish imkoniyati.


To’lov topshirig’i – korxona, firma, tashkilotning unga xizmat qiladigan o’z
schetidan mablag’ o’tkazish zarurligi haqidagi topshirig’i.
Faktoring – moliya-tijorat xizmatining turi bo’lib, bunda bank yoki boshqa
moliya tashkilotlari xarid qiluvchi korxona qarzlarini, majburiyatlarni o’ziga oladi.
Fermer xo’jaligi – o’ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan
foydalangan holda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni amalga
oshiruvchi fermer xo’jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan,
yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt.
Firma – ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, tijorat yoki tadbirkorlik
faoliyatiga qaratilgan, yuridik shaxs hisoblangan korxona.
Fondlarning aylanishi – moddiy ashyoviy omillar qiymatining ishlab
chiqarish va muomala sohalari orqali harakat jarayoni.
Xolding kompaniya – mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan
hissadorlik jamiyati.
Xususiy kapital – tadbirkorning eng muhim va hal yetuvchi ahamiyatga ega
sarmoyasi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling