Boʻlinmalarning qarzlari, shoʻ’ba va qaram xoʻjalik jamiyatlarning qarzlari


Download 22.02 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi22.02 Kb.
#1432369
  1   2
Bog'liq
МАФ ДЕБИТОРЛИК


1

2. Korxonalarda debitorlik qarzlarini boshqarish


Debitorlik qarzlari tarkibiga xaridor va buyurtmachilarning qarzlari, ajratilgan
boʻlinmalarning qarzlari, shoʻ’ba va qaram xoʻjalik jamiyatlarning qarzlari,
xodimlarga berilgan boʻnaklar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan
boʻnaklar, byudjetga soliq va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari, maqsadli davlat
jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari, ta’sischilarning ustav
kapitaliga ulushlari boʻyicha qarzlari, xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha
qarzlari va boshqa olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar kiradi. Debitorlik qarzlarini boshqarish korxona aktivlarini boshqarishning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bilan birga debitorlik qarzlarini boshqarish korxona marketing siyosati bilan ham oʻzaro bogʻliq holda tashkil etilishi lozim. Debitorlik qarzlarini boshqarishda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq:

Debitorlik qarzlari boʻyicha aniq chegara va me’yorni belgilash. Mazkur
amaliyot bevosita pul mablagʻlari harakatini samarali tashkil etish orqali faoliyat
uzluksizligiga imkoni beradi. Debitorlik qarzlari boʻyicha aniq chegara va me’yorni
belgilash faoliyat uzluksizligi uchun talab qilinadigan pul mablagʻlari miqdori va
vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Iste’mol kreditlari, tijorat kreditlari boʻyicha aniq sxemalar ishlab chiqish


(toʻlov jadvallarini ishlab chiqish). Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga)
uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib
olish uchun beriladigan kreditdir. Tijorat krediti esa iste’mol kreditining tarkibiy
qismi hisoblanadi va tovarlarni kreditga berishni nazarda tutadi. Mazkur amaliyotda

188


berilayotgan kreditlar boʻyicha asosiy summaning va foizlarning qoplanish tartibi
aniq grafik asosida belgilab qoʻyiladi va bu grafik kredit oluvchiga taqdim etiladi. 

Xaridorlar bilan optimal hisob-kitob shaklini belgilash. Bunda misol sifatida
oldindan toʻlov tizimidan keng foydalanish, akkreditivlardan maksimal foydalanish
kabilarni keltirish mumkin. Akkreditivlar toʻlovni kafolatlash maqsadida tijorat
bankida maxsus hisobraqam ochishni nazarda tutadi va Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi 9/1-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida”gi
Nizomga asosan amalga oshiriladi. Akkreditiv boʻyicha hisob-kitob qilinganida mijozning (mablagʻlarni
toʻlovchining) topshirigʻi bilan va uning koʻrsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan
bank (bank-emitent) mablagʻlarni oluvchi yoki u koʻrsatgan shaxs hujjatlarni taqdim
etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda toʻlovni
amalga oshirish majburiyatini oladi.
Akkreditivning amal qilish muddati va u boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi
mablagʻlarni toʻlovchi bilan mablagʻlarni oluvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilab
qoʻyiladi.
Shartnomada yana quyidagilar boʻlishi kerak:
- mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi;
- akkreditivning turi va uni bajarish usuli;
- akkreditiv ochilganligi haqida mablagʻlarni oluvchini xabardor qilish usuli;
- akkreditiv boʻyicha mablagʻlar olish uchun mablagʻlarni oluvchi tomonidan
taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va aniq tavsifi;
- tovarlar joʻnatilganidan (xizmatlar koʻrsatilgan, ishlar bajarilganidan) keyin
hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar.
Akkreditiv quyidagi turlarga boʻlinadi:
- qoplangan (deponentlangan) akkreditiv;
- qoplanmagan akkreditiv.
Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda, mablagʻlarni
toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank uni ochish vaqtida mijozning oʻz mablagʻlarini
yoki unga berilgan kreditni mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankning
majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga mablagʻlarni oluvchiga xizmat
koʻrsatuvchi bank ixtiyoriga oʻtkazishi shart.
Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda, mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat
koʻrsatuvchi bank mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka akkreditivning
butun summasini mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankning
mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankda yuritilayotgan hisobvaragʻidan
oʻchirish huquqini beradi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib
olinmaydigan shaklda boʻlishi mumkin. Akkreditivda uning chaqirib olinmasligi
nazarda tutilmagan boʻlsa, bunday akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv
hisoblanadi.
Akkreditivlar banklar tomonidan koʻzda tutilmagan holatlar boʻyicha alohida
balans hisobvaraqlarida va «Mijozlarning akkreditivlar boʻyicha depozitlari» 22602

189


balans hisobvaragʻida hisobga olinadi. Mablagʻlarni oluvchi uchun unga xizmat
koʻrsatuvchi bankda akkreditivlar boʻyicha alohida depozit hisobvaraqlar ochiladi.
Chaqirib olinadigan akkreditiv mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi
bank tomonidan mablagʻlarni oluvchi bilan oldindan kelishilmasdan oʻzgartirilishi
yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivning chaqirib olinishi mablagʻlarni
toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank uchun hech qanday majburiyatni vujudga
keltirmaydi.
Chaqirib olinadigan akkreditiv shartlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish
boʻyicha mablagʻlarni toʻlovchining topshiriqlari mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat
koʻrsatuvchi bank orqali beriladi va mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi
bank tomonidan mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka, mablagʻlarni
oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan esa mablagʻlarni oluvchiga xabar
beriladi.
Mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank akkreditivni oʻzgartirish yoki
bekor qilish boʻyicha xabarnoma olmagan taqdirda, chaqirib olinadigan akkreditiv
boʻyicha barcha operatsiyalarni amalga oshirishga majbur.
Chaqirib olinmaydigan akkreditiv mablagʻlarni oluvchining roziligisiz
oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank chaqirib olinmaydigan
akkreditivni mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank bilan tuzilgan
shartnoma asosida tasdiqlashi mumkin. Bunda chaqirib olinmaydigan akkreditiv
tasdiqlangan akkreditiv hisoblanadi.
Tasdiqlangan akkreditivlarda mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank
toʻlovni amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha majburiyatlar oladi. Tasdiqlangan
akkreditiv mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankning roziligisiz
oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Akkreditivlar boʻyicha hisob-kitoblar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib
belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Akkreditivni boshqa shaxslar nomiga qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Mablagʻlarni toʻlovchi akkreditiv ochish uchun unga xizmat koʻrsatuvchi
bankka shartnomani ilova qilgan holda ikki nusxada akkreditivga ariza bilan murojaat 
qiladi. Bunda arizaning:
birinchi nusxasi — toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng bankning kunlik
hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
ikkinchi nusxasi — mablagʻlarni toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻidan
koʻchirmaga ilova qilinadi.
Akkreditiv summasi bir vaqtning oʻzida koʻzda tutilmagan holatlar balans
hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
Akkreditiv boʻyicha shartnoma belgilangan talablarga javob bermagan taqdirda
taqdirda, mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan akkreditiv
ochilmaydi.
Akkreditivda nazarda tutilgan summa elektron toʻlovlar tizimi orqali
mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankning hisobvaragʻiga mijozning

190


arizasiga asosan oʻtkaziladi. Bunda bank akkreditivda nazarda tutilgan summa
mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻiga kelib tushganligi haqida uni xabardor qiladi.
Elektron toʻlovlar tizimi orqali kelib tushgan akkreditivga arizalar bank
tomonidan ikki nusxada chop etilib, uning bir nusxasi bankning kunlik hujjatlar
yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi, ikkinchi nusxasi «Toʻlov muddatini kutayotgan hisob-
kitob hujjatlari» (1-kartoteka) 90962 balans hisobvaragʻiga joylashtiriladi.
Akkreditivni muddati tugaguniga qadar mablagʻlarni oluvchi va mablagʻlarni
toʻlovchi oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilangan va mablagʻlarni oluvchi
tomonidan akkreditiv shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ikki nusxada
taqdim qilingan taqdirda, tegishli summa uning hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Bunda bank tomonidan mablagʻlarni oluvchining akkreditiv shartlariga rioya
qilganligi hamda ularning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni toʻgʻri
rasmiylashtirganligi tekshirilishi shart.
Mablagʻlarni toʻlovchi va mablagʻlarni oluvchi oʻrtasida tuzilgan akkreditiv
boʻyicha shartnomada belgilangan shartlarning bittasi bajarilmagan taqdirda ham
akkreditiv boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilmaydi.
Mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazishda bank
tomonidan toʻrt nusxada memorial order rasmiylashtirilib, uning «Toʻlov maqsadi»
grafasida toʻlov qaysi shartnoma asosida amalga oshirilayotgan boʻlsa, shu
shartnomaning tartib raqami va sanasi koʻrsatiladi. Bunda memorial orderning:
birinchi nusxasi — tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi bilan birga bankning kunlik
hujjatlari yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi;
ikkinchi va uchinchi nusxalari — ularga tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi ilova
qilingan holda mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka yuboriladi;
toʻrtinchi nusxasi — shaxsiy hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birga
mablagʻlarni oluvchiga beriladi hamda akkreditiv boʻyicha toʻlangan summa «Toʻlov
muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari» (1-kartoteka) 90962 balans
hisobvaragʻidan hisobdan chiqariladi.
Mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan akkreditivning
ijro etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi
bankdan olingandan soʻng, akkreditiv summasi koʻzda tutilmagan hollar
hisobvaragʻidan memorial orderga asosan hisobdan chiqariladi va memorial
orderning bir nusxasi tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda mablagʻlarni
toʻlovchiga beriladi.
Akkreditiv mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankda quyidagi
holatlarda yopiladi:
- akkreditiv muddati tamom boʻlgach;
- mablagʻlarni oluvchining akkreditivning amal qilish muddati tamom
boʻlgunga qadar undan foydalanishdan voz kechishi haqidagi arizasiga koʻra, agar
bunday voz kechish mumkinligi akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa;
- mablagʻlarni toʻlovchining akkreditivni butunlay yoki qisman chaqirib olish
haqidagi talabiga muvofiq, agar bunday chaqirib olishga akkreditiv shartlari boʻyicha
yoʻl qoʻyilsa.

191


Akkreditiv yopilganligi haqida mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi
bank mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankni xabardor qilishi kerak.
Akkreditiv mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan
xabarnoma olingan kunda «Mijozlarning akkreditivlar boʻyicha depozitlari» 22602
balans hisobvaragʻidagi summadan kam boʻlmagan summaga kamaytiriladi yoki
yopiladi.
Qoplangan (deponentlangan) akkreditivning foydalanilmagan summasi
akkreditiv yopilishi bilan bir vaqtda mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi
bankka qaytarib berilishi kerak. Mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank
qaytarib berilgan summalarni mablagʻlarni toʻlovchining mablagʻlar deponentlangan
hisobvaragʻiga kiritib qoʻyishi shart.
Akkreditivdan toʻliq foydalanilmaganligi sababli, mablagʻlar toʻlovchiga
xizmat koʻrsatuvchi bankka qaytarilgan taqdirda, bank tomonidan ochilgan koʻzda
tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻi ham yopiladi.
Akkreditiv boʻyicha qisman toʻlovlar amalga oshirilgan taqdirda, mablagʻlarni
toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank amalga oshirilgan qisman toʻlovlarni koʻzda
tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻidan hisobdan chiqarib boradi.



Download 22.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling