Boʻlinmalarning qarzlari, shoʻ’ba va qaram xoʻjalik jamiyatlarning qarzlari


Download 22.02 Kb.
bet2/2
Sana05.05.2023
Hajmi22.02 Kb.
#1432369
1   2
Bog'liq
МАФ ДЕБИТОРЛИК

Debitorlik qarzlarini muddatlar boʻyicha tasniflash. Mazkur amaliyot
debitorlik qarzlarini boshqarishda alohida dolzarblik kasb etadi. Chunki debitorlik
qarzlarini muddatlar boʻyicha tasniflash orqali ularni nazorat qilish samaradorligi
oshadi. Bunda muddatlarga e’tibor qaratish bilan bir vaqtda miqdorga ham e’tibor
qaratish talab etiladi. 

Debitorlik qarzlarini diversifikatsiyalash. Bunda faqatgina sanoqli mijozlar
boʻyicha debitorlik qarzlari shakllanishiga yoʻl qoʻymasdan keng doirada koʻplab
sub’ektlar bilan hamkorlikka kirishishni nazarda tutadi. Mazkur amaliyot bevosita
debitorlik qarzlari boʻyicha yoʻqotishlarni kamaytirish imkonini beradi.


Debitorlik qarzlarining korxona moliyaviy barqarorligiga ta’sirini doimiy 

monitoring qilish, debitorlik va kreditorlik qarzlari nisbatini nazorat qilish. Mazkur
jarayonda asosiy e’tibor debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzaga kelishining korxona
moliyaviy barqarorlik darajasiga ta’sirini baholashga qaratiladi. 

Debitorlik qarzlari boʻyicha ta’sir choralarini belgilash. Bunda yetkazib
berilgan tovarlar boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan muddatdan oldin toʻlovlar
amalga oshirilganda chegirmalar belgilash yoki aksincha, muddati oʻtgan debitorlik
qarzlari boʻyicha jarimalar belgilashga e’tibor qaratiladi. Mazkur amaliyot mijoz va
xaridorlar uchun motivatsiya vazifasini bajaradi. 

Debitorlik qarzlari yuzaga kelishi ehtimoli past boʻlgan mahsulot ishlab 

chiqarishini oshirish va aksincha. Mazkur holatda asosiy yuk marketing xizmatiga
tushadi. Chunki aynan marketing bozorda yuqori talabga ega boʻlgan mahsulot va
xizmatlarni jiddiy oʻrganish orqali korxonada faoliyatni tashkil etish bevosita
debitorlik qarzlari holatiga ham oʻz ta’sirini koʻrsatadi.


Faktoring operatsiyalarini qoʻllash. Mamlakatimizda faktoring operatsiyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan 2000 yil 15 iyulda
tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida

192


faktoring operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom asosida amalga
oshiriladi.
Faktoring operatsiyalari ma’lum bir chegirmalar asosida debitorlik qarzlarini
tijorat banklari tomonidan sotib olishni nazarda tutadi.
Faktoring operatsiyalari quyidagilar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin emas:
- byudjet tashkilotlariga taqdim etiladigan talablar boʻyicha;
- jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari boʻyicha;
- toʻlovga qobiliyatsiz deb e’lon kilingan korxonalarning majburiyatlari
boʻyicha;
- zarar koʻrib ishlaydigan korxonalar boʻyicha;
- kapital koʻyilmalarni moliyalashtirish boʻyicha;
- eksportga oid konsignatsiya bitimlari boʻyicha;
- kompensatsiya va barter bitimlari boʻyicha;
- ishga bosqichma-bosqich yoki boʻnak bilan hak toʻlash boʻyicha;
- toʻlovchi shartnomada shartlangan vaqt mobaynida, shuningdek, sotish
xizmati koʻrsatilganidan keyin mahsulotni qaytarish xuquqiga ega boʻlgan oldi-sotdi
shartnomalari boʻyicha.
Download 22.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling