Karimboyev Nurbek " Moliya va kredit "


Download 16.45 Kb.
bet1/7
Sana08.01.2022
Hajmi16.45 Kb.
#243297
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliya va kredit oraliq


Iqtisodiyot fakulteti

IU-19 guruhi II kurs talabasi

Karimboyev Nurbek

Moliya va kredit ” fanidan oraliq nazorat savollari



Bilet № 10

1. Akkreditivning qanday turlari mavjud va ular bir – biridan nimasi bilan farq qiladi?

2. Inkasso topshiriqnomalarning oʻziga xos jihatlarini yoriting?

3. Pulning qanday nazariyalari mavjud?

Javoblar

1. Akkreditivning qanday turlari mavjud va ular bir – biridan nimasi bilan farq qiladi?

Akkreditivlar haqida ko’ plab malumotlar bor . O’z fikrim bo’yicha Akkreditiv - xaridor va sotuvchi oʻrtasida hisob-kitobning maxsus shakli boʻlib, bu ikki tarafga uchun ham qulay va xavfsiz hisoblanadi. Oddiy soʻzlar bilan aytganda: bu maʼlum shartlar bajarilgan taqdirda sotuvchi toʻlovni oladigan bankning kafolati hisoblanadi. Akkreditivning amal qilish muddati va u boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi mablagʻlarni toʻlovchi va oluvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi. Bunda shartnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:

mablagʻlarni toʻlovchining banki nomi;

akkreditivning turi va uni bajarish usuli;

akkreditiv ochilganligi haqida mablagʻlarni oluvchini xabardor qilish usuli;

akkreditiv boʻyicha mablagʻlar olish uchun mablagʻlarni oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va aniq tavsifi; tovarlar joʻnatilganidan (xizmatlar koʻrsatilganidan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar. Mazkur bandda nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmaganda akkreditiv boʻyicha shartnoma tuzilmaydi va akkreditiv ochilmaydi.

Akkreditiv qoplangan (deponentlangan) va qoplanmagan boʻlishi mumkin.

Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda mablagʻlarni toʻlovchining banki uni ochish vaqtida mijozning mablagʻlarini yoki unga berilgan kreditni toʻlovchining banki majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga mablagʻlarni oluvchining banki ixtiyoriga oʻtkazadi.

Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda mablagʻlarni toʻlovchining banki mablagʻlarni oluvchining bankiga akkreditivning butun summasini toʻlovchining bankiga mablagʻlarni oluvchining bankida yuritilayotgan hisobvaragʻidan oʻchirish huquqini beradi. Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar oʻzgartirish kiritish tartibiga koʻra chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan turlarga boʻlinadi. Akkreditivda uning chaqirib olinmasligi nazarda tutilmagan boʻlsa, bunday akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv hisoblanadi. Chaqirib olinadigan akkreditiv mablagʻlarni toʻlovchining banki tomonidan mablagʻlarni oluvchi bilan oldindan kelishilmasdan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivning chaqirib olinishi toʻlovchining banki uchun hech qanday majburiyatni vujudga keltirmaydi. Chaqirib olinadigan akkreditiv shartlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish boʻyicha mablagʻlarni toʻlovchining topshiriqlari mablagʻlarni toʻlovchining banki orqali beriladi va mablagʻlarni toʻlovchining banki tomonidan mablagʻlarni oluvchining bankiga, oluvchining banki tomonidan esa mablagʻlarni oluvchiga xabar beriladi.

Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar oʼzgartirish kiritish tartibiga koʼra chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan turlarga boʼlinadi. Аkkreditivda uning chaqirib olinmasligi nazarda tutilmagan boʼlsa, bunday akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv hisoblanadi.

Chaqirib olinadigan akkreditiv mablagʼlarni toʼlovchining banki tomonidan mablagʼlarni oluvchi bilan oldindan kelishilmasdan oʼzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Аkkreditivning chaqirib olinishi toʼlovchining banki uchun hech qanday majburiyatni vujudga keltirmaydi.

Chaqirib olinadigan akkreditiv shartlarini oʼzgartirish yoki bekor qilish boʼyicha mablagʼlarni toʼlovchining topshiriqlari mablagʼlarni toʼlovchining banki orqali beriladi va mablagʼlarni toʼlovchining banki tomonidan mablagʼlarni oluvchining bankiga, oluvchining banki tomonidan esa mablagʼlarni oluvchiga xabar beriladi.

Chaqirib olinmaydigan akkreditiv mablagʼlarni oluvchining roziligisiz oʼzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.

Mablagʼlarni oluvchining banki chaqirib olinmaydigan akkreditivni mablagʼlarni toʼlovchining banki bilan tuzilgan shartnoma asosida tasdiqlashi mumkin. Bunda chaqirib olinmaydigan akkreditiv tasdiqlangan akkreditiv hisoblanadi.




Download 16.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling