Karimboyev Nurbek " Moliya va kredit "


Inkasso topshiriqnomalarning oʻziga xos jihatlarini yoriting?


Download 16.45 Kb.
bet2/7
Sana08.01.2022
Hajmi16.45 Kb.
#243297
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliya va kredit oraliq

2. Inkasso topshiriqnomalarning oʻziga xos jihatlarini yoriting?

Bizga ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bankdagi


hisobvaraqlaridan mablag‘larni faqatgina ularning topshirig‘i (to‘lov
topshiriqnomasi, akkreditiv, hisob – kitob va pul cheki) va roziligi (to‘lov
talabnomasi, kredit bo‘yicha muddatli majburiyatlar, shartnomalarda kelishilgan bo‘lsa, memorial order) bilangina o‘tkazish qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilgan.
Bozor munosabatlarida xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy
munosabatlarning ko‘pqirraligi va kutilmaganda vujudga kelgan ziddiyatlarni hal qilishda qo‘llaniladigan shunday to‘lov hujjatlari ham mavjudki, ushbu to‘lov hujjati tegishli muassasalar tomonidan bankka taqdim etilganda mijozning hech qanday roziligini olmasdan turib, bank bo‘limi uning hisobvarag‘idan mablag‘ni hujjatda ko‘rsatilgan manzilga o‘tkazib berishi lozim. Ushbu to‘lov hujjati inkasso topshiriqnomasidir.
Inkasso topshiriqnomasi – bankka mijoz (to‘lovchi)ning hisobvarag‘idan
so‘zsiz tartibda mablag‘larni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi talabini anglatadi.
Inkasso topshiriqnomalari bankka quyidagi tashkilotlar tomonidan taqdim
qilinishi mumkin:
o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar va Davlat byudjetiga o‘tkaziladigan soliqdan tashqari to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq idoralari;
byudjetdan tashqari fondlar – o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan bo‘lsa;
bojxona organlari – o‘z vaqtida to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini undirishda;
sud organlari ularga berilgan ijro hujjatlari bo‘yicha;
moliyalashtirishga ortiqcha o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarishda, yuqori moliya
organlari quyi byudjet tashkilotlarga, davlat kafolati ostida berilgan muddati o‘tgan kreditlarni qaytarishda va boshqa holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan inkasso topshiriqnomalari qabul qilinadi;
qonuniy hujjatlarga asosan boshqa organlar.

Inkasso topshiriqnomasi unda koʼrsatilgan mablagʼlarni toʼlovchining banki hisobvaragʼidan soʼzsiz ravishda hisobdan chiqarish boʼyicha mablagʼlarni oluvchining topshirigʼi nazarda tutilgan toʼlov hujjati desak ham boladi.

Quyidagilar inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega:

a) davlat soliq xizmati organlari - oʼz muddatida toʼlanmagan byudjet tizimiga oʼtkaziladigan soliqlar va yigʼimlarni undirish toʼgʼrisida;

b) bojxona organlari - oʼz muddatida toʼlanmagan bojxona toʼlovlarini undirish toʼgʼrisida;

v) davlat ijrochilari va undiruvchilar ijro hujjatlari boʼyicha pul mablagʼlarini undirish toʼgʼrisida;

 g) Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi - Oʼzbekiston Respublikasining berilgan davlat kafolatlari bilan amalga oshirilgan toʼlovlar va ular bilan bogʼliq xarajatlar summasini qarz oluvchidan undirish hamda byudjet ssudasi yoki kredit liniyasi, shu jumladan foizlarni qaytarish toʼgʼrisida;

d) Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʼjaligini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi (bundan buyon matnda Jamgʼarma deb yuritiladi) - Jamgʼarma mablagʼlari hisobidan tijorat agentlariga ("Oʼzpaxtasanoat" АJ, "Oʼzdonmahsulot" АJ, "Oʼzagrolizing" АJ, "Oʼzmashlizing" MChJ) ajratilgan maqsadli mablagʼlarni qaytarish boʼyicha majburiyatlar tijorat agentlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, ularning bank hisobvaraqlariga o’tkazalidi




Download 16.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling