Xizmat tavsifnoma


Download 14.26 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi14.26 Kb.
#1303839
Bog'liq
3. ХИЗМАТ ТАВСИФНОМАСИ


XIZMAT TAVSIFNOMA
I-darajali serjant Qosimxanov Abdulloxon Odilxanovich, 20022 harbiy qism
4-O`JVa T vzvodi mo`ljalga oluvchi guruhi

1979 yil 29 martda Namangan viloyati


Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.
Millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus.
2022 yil mart oyidan 20022 harbiy qism
4-vzvodi mo`ljalga oluvchi lavozimida,
1-darajali serjant harbiy unvonida xizmatni
o‘tab kelmoqda.
I-darajali serjant Qosimxanov Abdulloxon Odilxanovich, 20022 harbiy qism 4-vzvodi mo`ljalga oluvchi lavozimida xizmat o‘tashi mobaynida, o‘zini ijobiy tomonlama ko‘rsatdi va harbiy xizmatchilarga namunali xulqi bilan o‘rnak bo‘lib kelmoqda, kundalik xizmat faoliyatida zimmasiga yuklatilgan vazifalarni yuqori darajada bajaradi.
O‘zining bilimi, tajribasi va Vatanparvarligi, Prezidentimiz va O‘zbekiston xalqiga, mustaqillik g‘oyalariga, Vatanga qasamyod va harbiy burchiga sodiqligi, mamlakatimizda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar, Qurolli Kuchlarimizda o‘tkazilayotgan islohatlarning maqsadlarini, vazifalarini va asosiy yo‘nalishlarini tushunadi.
Professional tomonlama yaxshi tayyorgarlikka, komandirlik va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega, matonatli va tashabbuskor harbiy xizmatchi. Egallab turgan lavozimi bo‘yicha huquqiy-normativ hujjatlar va qonunchilikni yaxshi biladi va amalda ularni qo‘llay oladi. Yuqori qo‘mondonlik, komandir hamda boshliqlarning buyruqlarini o‘z vaqtida va aniq bajaradi. Shaxsan intizomli, buysunuvchilar va xizmatdoshlar orasida munosib obro‘ga ega. Buysunuvchilarni boshqarishga, ularni tarbiyalashga, o‘qitishga qodir, yuksak talabchanlikni g‘amxo‘rlik bilan ishlata oladi.
Bo‘linma boshqaruvini tashkil etib, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini, jangovar vazifalarining muvaffaqiyatli bajarilishi, bo‘ysunuvchilarning ta’limi, tarbiyasi, harbiy intizomi va axloqiy-ruxiy holati, safona qaddirostligi, shaxsiy tarkib qurol-aslaha va o‘q-dorilarining hisob-kitobi to‘g‘ri va jangga shay saqlanishini nazoratga oladi, bo‘lim askarlarida xizmatga hurmat, shuningdek o‘z quroliga nisbatan avaylash munosabatini uyg‘ota oladi.
I-darajali serjant Qosimxanov Abdulloxon Odilxanovich harbiy qismda qo‘riqlash va himoya qilish tizimlarini takomillashtirish, nazorat o‘tkazish punkti va xizmat o‘tash joylarini huquqiy-normativ hujjatlar asosida tartibga keltirish hamda shaxsiy tarkibning yashash sharoitlarini yaxshilash borasida yotoqxonani tashabbuskorlik rejasiga asosan sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi uchun o‘z hissasini qo‘shishda faol ishtirok etib kelmoqda.
XULOSA: Egallab turgan lavozimiga loyiq, jismonan baquvvat, ruhan tetik.

4-O`JVa T KOMANDIRI


kapitan
O.Atayev
18.02.2023 yil .
Download 14.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling