1. Xususiy kapital shakllanishi hisobining xususiyatlari


Download 25.95 Kb.
bet1/5
Sana05.02.2023
Hajmi25.95 Kb.
#1167491
  1   2   3   4   5

1.Xususiy kapital shakllanishi hisobining xususiyatlari. Kompaniya faoliyatini tashkil etish davrida kompaniya ta’sischilari tomonidan o‘z moliyaviya resusrlarini ustav kapitalini shakllantirishga yo‘naltiradi, Shuning uchun ham turli mulkchilik shaklidagi korxonalarni tashkil etish bosqichida xususiy kapitalning shakllanishi hisobiga alohida e’tibor qaratiladi. Chunki, xususiy kapital moliyaviy aktivlar bilan ta’minlashning asosiy manbai hisoblanadi. Xususiy kapital – bu korxonaning aktivlari va majburiyatlari o‘rtasidagi farqdir. Xususiy kapital –korxonaning aktivlaridan va majburiyatlaridan ayrish asosida aniqlanadi. Mol-mulk bilan bog‘liq barcha qarzlar to‘langanidan so‘ng,o‘z kapitalingizni har qanday aktivga egalik qilish huquqiga ega deb hisoblashingiz mumkin. Xususiy kapital - barcha majburiyatlarni chegirib tashlangandan keyin korxonaning aktivlarini bir qismidir, ya’ni xususiy kapital - bu mulkdorning firmadagi egaligiga oid ulushidir. Bu qoldiq ulush sifatida ta’riflanadi, chunki firma aktivlaridan majburiyatlarni ayirgandan keyin qolgan summasini tashkil etadi. Xususiy kapital barcha majburiyatlar yig‘indisini korxonaning aktivlaridan ayirish orqali aniqlanadi. I. A. Zavalishina ham xususiy kapitalni manbalar bo‘yicha quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘lgan: - ustav kapitali;- qo‘shilgan kapital;- rezerv kapitali;- taqsimlanmagan foyda;- maqsadli jamg‘armalar (grantlar va subsidiyalar);- rezervlar. Xususiy kapital tarkibi:-Ustav kapitali(8300)-Qo‘shilgan kapital(8400)-Rezerv kapitali(8500)-Taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar)(8700)-Sotib olingan xususiy aktsiyalar(8600)-Maqsadli tushumlar(8800)-Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari (8900). Davlat korxonasining ustav kapitali - davlat tomonidan korxonaning doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablag‘lari summasidir. Ustav kapitali hisobiga asosiy va aylanma mablag‘lar shakllanadi. Korxonaga asosiy vosita mavjud ishlab chiqarish hajmiga va ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish obyektlariga qarab, aylanma mablag‘lar esa normativlar asosida beriladi. Normativ yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi, ammo ularni taqsimlashni korxonaning o‘zi mustaqil amalga oshiradi. Amaldagi tartibga ko‘ra korxona ustav kapitali miqdori uning ta’sis hujjatlarida qayd etilgan miqdoriga muvofiq bo‘lishi kerak Davlat korxonasi uchun yuqori turgan tashkilotning korxonani tashkil etish va uning balansiga ustav kapitalini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i ta’sis hujjati hisoblanadi. Ba’zi hollarda davlat korxonasining ustav kapitali hajmi o‘zgarishi mumkin. Ustav kapitali miqdorini faqatgina yuqori tashkilot o‘zgartirishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali uning aksiyadorlari sotib oladigan aksiyalarining nominal qiymatidan iborat bo‘ladi. Bunda chiqariladigan jami aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Ustav kapitalini ko‘paytirish qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat tomonidan qo‘shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan e’lon qilingan aksiyalar miqdori doirasida joylashtirilishi mumkin.



Download 25.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling