1. Xususiy kapital shakllanishi hisobining xususiyatlari


Maqsadli tushumlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi


Download 25.95 Kb.
bet5/5
Sana05.02.2023
Hajmi25.95 Kb.
#1167491
1   2   3   4   5
5. Maqsadli tushumlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi. Maqsadli moliyalashtirish – bu mablag‘larni ularni ajratgan shaxs qanday
maqsadlarni ko‘zlagan bo‘lsa, o‘sha maqsadlarda ishlatish uchun olish. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra maqsadli moliyalashtirish - bu tadbirkorlik (shuningdektijorat) faoliyatiningturli darajalarida pul mablag‘larini nazorat ostida birtarkibiy birlikdan boshqasiga har qanday o‘tkazish; korxonani rivojlantirishni moliyalashtirish (reklama kampaniyalari, kapital qurilish, faoliyatning yangi yo‘nalishini rivojlantirish, boshqa investitsiyalar); maqsadli tadbirlarni o‘tkazish uchun davlat organlaridan mablag‘lar olish; notijorat tashkilotlariga hissa tariqasida mablag‘lar olish va boshqalar. Maqsadli moliyalashtirish tushunchasi fuqarolik qonunchiligi tizimida muayyan shartnoma turi yoki muayyan moliyalashtirish manbasi turi bilan bog‘liq emas. Maqsadli moliyalashtirish mablag‘larining holati va harakati,shuningdek a’zolik badallari va maqsadli yo‘nalish bo‘yicha tadbirlarni amalga
oshirish uchun mo‘ljallangan boshqa qaytarilmaydigan mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi
schyotlarda amalga oshiriladi:
8810 – «Grantlar»; 8820 – «Subsidiyalar»; 8830 – «A’zolik badallari»; 8840 – «Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari»; 8890 – «Boshqa maqsadli tushumlar». Maqsadli tushumlar tarkibi: Grantlar Subsidiyalar;A’zolik badallari;Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari;Boshqa maqsadli tushumlar. Maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari tarkibi Ushbu maqsadli tushumlarni korxonaning xususiy kapitali sifatida aks ettirish shartlari quyidagilar hisoblanadi: a) mablag‘larning maqsadli yo‘nalish bo‘yicha ishlatilishi; b) mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning yo‘qligi; s) belgilangan shartlar bajarilganda qaytarib berilmasligi. Grant - davlatlar, davlatlar hukumatlari, xalqaro va xorijiy hukumat tashkilotlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va xorijiy nohukumattashkilotlari tomonidan bepullik asosida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan molmulk, shuningdek, bepullik asosida xorijiy fuqarolar va fuqarosi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan mol-mulk. Aktivlarga kiritiladigan subsidiyalar - bu uzoq muddatli aktivlarni muayyan qurilish loyihalari uchun sotib olish yoki qurish maqsadida xo‘jalik subyektlari ajratadigan davlat subsidiyalaridir, ishga tushirish yoki xarid qilish muddatlari, ushbu aktivlarning muayyan joylashishi. Daromadga kiritiladigan subsidiyalar - bu aktivlarga kiritiladiganlaridan tashqari, davlatning har qanday boshqa subsidiyalari. Qaytarmaslik asosidagi ssudalar - bu kreditor qaytarishni talab qilmagan holda, muayyan shartlarga rioya qilib beradigan ssudalardir. A’zolik badallarini odatda notijorat tashkilotlar ishlatadi.Notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining ta’minoti va uni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga ko‘ra va (yoki) tekin kelib tushgan mablag‘lar daromad deb qaralmaydi va ularga foyda solig‘i solinmaydi126. Boshqa maqsadli tushumlar — maqsadli tadbirlarga sarflanadigan mablag‘lar manbai. Maqsadli tushumlar byudjetdan ajratilgan mablag‘lar, otaonalarning farzandlari maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanganligi uchun to‘lovlari va boshqa manbalar hisobiga tashkil bo‘lishi mumkin. Maqsadli tushumlardan mablag‘lari qat’i belgilangan maqsadlar: bolalar muassasalarini asrash, madaniy muassasalar, bolalar oromgoxlari, kadrlar tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish, qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish va boshqa tadbirlar uchun foydalanilishi mumkin.
Download 25.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling