1. Xususiy kapital shakllanishi hisobining xususiyatlari
Download 25.95 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faqat tashabbuskorlik
- 3.Qo‘shilgan hamda rezerv kapitali hisobi.
Umumiy sug‘urtalash tarmog‘ida faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun - 500 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summani; Hayotni sug‘urtalash tarmog‘ida faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun - 750 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summani; Majburiy sug‘urtalash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun - 1000 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summani; Faqat qayta sug‘urtalash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun - 3000 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summani tashkil etadi. Faqat tashabbuskorlik asosida auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 1500 baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 2 nafar auditorga ega bo‘lishi; Aktsiyadorlik jamiyatlari, banklar va sug‘urta tashkilotlaridan tashqari xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tashabbuskorlik asosida va majburiy auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 3000 baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 4 nafar auditorga, ularning kamida bittasi buxgalter xalqaro sertifikatiga ega bo‘lishi; Aktsiyadorlik jamiyatlari uchun ustav jamg‘armasining eng kam miqdori jamiyat davlat tomonidan ro‘yxatga olingan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki kursi bo‘yicha ekvivalenti 400.0 ming AQSh dollari.
3.Qo‘shilgan hamda rezerv kapitali hisobi. Korxonalarning xususiy kapitalini shakllantirishda ustav kapitalidan tashqari qo‘shilgan kapital va rezerv kapitallari ham tashkil qilinadi. Qo‘shilgan kapital hisobini yuritishdan maqsad xo‘jalik yurituvchi subyektning ro‘yxatga olingan sanasidan boshlab uning aktsiyalarini joylashtirishgacha bo‘lgan davr mobaynida faoliyatning qonuniyligini, barqaror faoliyat olib borishi, raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni ta’minlashni investorlarga isbotlab, aktsiyalarni nominal qiymatidan yuqori sotilgan qismini hamda aksiyalarni sotishdagi kurs farqlarini hisobda to‘g‘ri aks ettirishdan iborat. Qo‘shilgan kapital aktsionerlik jamiyatlarida korxona aktsiyalarining nominal qiymatidan ortiq narxda sotish natijasida olingan emissiya daromadidan tashkil etilsa, mulkchilikning boshqa shakllarida esa ta’sischilarning pul mablag‘laridan tashkil topadi. Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar oddiy va imtiyozli aktsiyalarni sotishdan olingan summalarning nominal qiymatidan oshiqcha summalarining, bundan tashqari bepul olingan mulklar qiymatining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Emission daromad – aktsiyalarning nominal qiymatdan oshiqcha bahosi bo‘yicha birlamchi sotishdan olingan emissiya daromadini aks ettiradi. Qo‘shilgan kapital – bu tashkil etilayotgan xo‘jalikning daromad (foyda) olish maqsadini ko‘zlab, kiritilgan va kiritilayotgan dastlabki mablag‘larning Respublikamiz yuqori tashkilotlari hamda bozor talablari asosida yuzaga kelgan mulk tafovutlarini, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mablag‘lardir. Bundan tashqari qo‘shilgan kapital schyotida ustav kapitaliga qo‘yilgan qo‘yilmalarni to‘lashda hosil bo‘ladigan kursdagi farqlar summasi ham hisobga olinadi. Qo‘shilgan kapitalning mavjudligi va harakati quyidagi schyotlarda hisobga olinadi. 8410 – «Emissiya daromadi»; 8420 – «Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqi»; 8410 – «Emissiya daromadi» schyoti – aktsiyalarning nominal qiymatidan yuqori olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu hisobvaraqlar passiv bo‘lib, ular oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha nominal qiymatdan yuqori bahoda olingan summalarni va ularning harakatini umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Korxonada qo‘shilgan kapital quyidagi operatsiyalar natijasida vujudga kelishi mumkin: -emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan yuqori bahoda aksiyalar birlamchi sotilishida; -kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali korxonalar ustavkapitalini shakllantirish paytida. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 8410-«Emission daromad» hisobvarag‘I krediti bo‘yicha faqatgina aksiyalarning birlamchi emissiyasi paytidagi nominal qiymatidan ortiqcha summa hisobga olinadi. Mazkur summa foyda solig‘iga tortish, obyekti bo‘lib hisoblanmaydi. Sotish bahosidan past narxlarda sotib olingan aksiyalarni sotishda va summalar kamomadida 8410-«Emission daromad»hisobvarag‘ida zarar aks ettiriladi. Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati foyda solig‘i bazasini oshiradi. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo‘li bilan yoki o‘tkazma hujjatlar asosida aniqlangan adolatli qiymat bo‘yicha hisobda aks ettiriladi. Download 25.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling