1. Xususiy kapital shakllanishi hisobining xususiyatlari
Ustav kapitalining shakllanishi va foydalanilishi hisobi
Download 25.95 Kb.
|
2.Ustav kapitalining shakllanishi va foydalanilishi hisobi. Xo‘jalik subyektining o‘z mablag‘larini shakllantirishda asosiy manba bo‘lib, uning mulkdorlari tomonidan xo‘jalik subyektiga yo‘naltirilgan mablag‘lar majmui bo‘lgan ustav kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi
qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Chunonchi, davlat korxonalarining ustav fondi korxona foydalanishga topshirilgan vaqtida o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag‘larni aks ettiradi. Ustav kapitali - bu ta’sis hujjatida belgilangan doiradagi faoliyatni ta’minlash uchun ta’sischilarning (ishtirokchilarning) korxona mulkiga qo‘ygan mablag‘lari (ulushlari, aktsiyalar nominal qiymatida va hokazolar)ning pul ifodasidagi yig‘indisidir. Ustav kapitali-korxona faoliyatini yuritish, davom ettirish uchun ta’sischilarning korxona mulkiga yo‘naltirilgan mablag‘larining pul ifodasidagi yig‘indisidir. Tashkilot ustav kapitaliga (fondiga) hissa sifatida pullar, qimmatli qog‘ozlar, boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega boshqa huquqlar kiritilishi mumkin. Ustav kapitaliga olingan hissalar, shu jumladan aktsiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi daromad sifatida qaralmaydi va tegishincha, unga foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi solinmaydi (Soliq kodeksining 129 va 355-moddalari). Ustav kapitali hisobini tashkil etish va uni yuritish amaldagi qonunlar va ta’sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra baholanadi hamda hisobga olinadi. Ustav kapitalining eng kam miqdori quyidagi miqdorlarda belgilanadi:-banklar uchun - 10 mln yevro ekvivalentida; -xususiy banklar uchun - 5 mln yevro ekvivalentida. Ustav kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 8310-«Oddiy aktsiyalar»; 8320-«Imtiyozli aktsiyalar»; 8330-«Pay va qo‘yilmalar». Ustav kapitali harakatining buxgalteriya hisobi 13-jurnal orderda yuritiladi. Download 25.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling