Tadbirkorlik pdf


Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari –


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari – mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkich va
natijalarining miqdor jihatidan ko’payishi va sifat jihatidan takomillashuvi
darajasi.
Iqtisodiy rivojlanish samaradorligi iqtisodiyotni rivojlantirish
natijalarining bu borada qilingan sarf-xarajatlarga nisbati.
Makroiqtisodiy muvozanat – iqtisodiyot turli tomonlarining o’zaro tengligi
bo’lib, avvalo, yalpi talab va yalpi taklifning tengligi orqali namoyon bo’ladi.
Industrlashtirish  mamlakat iqtisodiyotini sanoatlashgan asosga o’tkazish,
iqtisodiyotda sanoat ishlab chiqarishi ulushini ahamiyatli darajada ko’paytirish,
butun iqtisodiyot yoki uning alohida tarmoqlarida yirik mashinalashgan ishlab
chiqarishni barpo etish jarayoni.
Inflyasiya – pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy
valyutaning qadrsizlanishi, narxlarning o’sishi.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi iqtisodiyotning turli qism va bo’laklari
o’rtasidagi proporsiyalar va o’zaro nisbatlar.
Iste’mol bozoridagi mutanosiblik – iste’mol bozoriga taklif etilayotgan
tovar va xizmatlar hajmi bilan aholining to’lovga qodir talabining o’zaro mosligi.
Inkasso – molning jo’natilganligi haqidagi hujjatlarni top-shirgan tomon
hisobiga to’lovning bankka kelib tushishi va bankning mol jo’natuvchi mijozi
hisob raqamiga mablag’ni yozib berishi.
Inflyasiya – muomala doirasida pulning ko’payib ketishi yoki qadrsizlanishi.


Iste’mol savatchasi – ma’lum mollar, xizmatlar yig’indisini tashkil etib, bu
yig’indi aholi iste’molining tarkibi va darajasini to’liqroq ifodalaydi.
Kapital – bu egasiga daromad keltiruvchi mablag’ va resurs.
Kvota – o’rnatilgan mutlaq yoki nisbiy ko’rsatkich. Savdoda, eksport yoki
import qilish miqdorining chegarasi. 
Kliring – xalqaro naqd pulsiz hisoblashish shakli bo’lib, bunda davlatlar bir-
biriga qarzini o’zaro qarama-qarshi to’lov majburiyatlari vositasida to’laydi.
Komission – uchinchi shaxs vositasida sotib olinadigan va sotiladigan
narsalar; komission savdo korxonalari yoki komissionerlar vositachilik ishi uchun
ma’lum haq, mukofot oladilar.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling