Tadbirkorlik pdf
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish
- Import o’rnini bosish samarasi
Investision kreditlar – ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik
jihatdan yangilash, modernizasiyalash va rekonstruksiya qilish, yangi bino va inshootlarni qurish uchun zarur vositalarni sotib olish maqsadida olingan kreditlar. Iqtisodiy nochor korxonalar – muayyan miqdorda kapital yo’qotish, ishlab chiqarish maydonlarini qisqarishi, ishsizlar sonining ortishi, raqobatbardosh bo’lmagan mahsulot ishlab chiqaradigan va buning uchun katta miqdorda materiallar, xomashyo, yonilg’i, mexnat resurslari sarflaydigan qoloq, samarasiz korxona Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish – sanoat ishlab chiqarishining turli bosqichlarida import shaklida xarid qilish orqali qo’llaniluvchi detallar, butlovchi qismlar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni mahalliy xomashyo va materiallar asosida ishlab chiqarishga o’tkazish jarayoni. Import o’rnini bosish samarasi – mahalliylashtirish jarayonini amalga oshirish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar natijasida tejalgan import mahsulotlari qiymati. Investisiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko’rinishi. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investisiya nominal investisiya, ana shu pul mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investision resurslar real investisiya deyiladi. Investisiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar investision faoliyat deb atalib, u quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin: - investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizasiya ajratmalari, pul jamg’armalari va h.k.); - qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligasiya zayomlari, bank kreditlari); - jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari); - davlat byudjeti mablag’lari; - chet elliklar mablag’lari. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling