Tadbirkorlik pdf


Banklarning umumiy kapitali –


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Banklarning umumiy kapitalibanklarning o’z faoliyatlarini (bank
operasiyalarini) amalga oshirish uchun mo’ljallangan moliyaviy resurslari bo’lib, u
banklar tomonidan turli manbalar orqali jalb etilgan pul kapitalidan iborat.
Banklarning umumiy kapitali xususiy kapital bilan bir qatorda undan bir necha
barobar ko’proq bo’lgan jalb etilgan kapitalni ham o’z ichiga oladi. 
Banklarning nizom jamg’armalari banklarning doimiy tasarrufida


bo’lgan moddiy va pul mablag’lari yig’indisi bo’lib, ularning miqdori banklar
tashkil topgan chog’da nizomda qat’iy belgilab qo’yiladi.
Bank kapitalining yetarlilik darajasi – bu jami kapitalning riskka tortilgan
aktivlarga nisbati bo’lib, u xalqaro Bazel kelishuviga ko’ra kamida 8% ni tashkil
etishi kerak
Bank depozitlari – jismoniy va yuridik shaxslarning bank muassasalariga
ma’lum muddatga va muddatsiz omonat shaklida qo’yilgan bo’sh pul mablag’lari. 
Bank-moliya tizimining barqarorligi banklarning va boshqa moliya
muassasalarining o’z majburiyatlari yuzasidan talablarga to’la javob bera olishi.
Bu likvidlilik, kapitalning yetarliligi, aktivlar sifati, rentabellik ko’rsatkichlari
orqali aniqlanadi
Bank aktivlari – banklarning asosiy faoliyatini amalga oshirishda
foydalanuvchi turli moddiy va moliyaviy resurslar majmui. Ular asosan bank
kreditlari, asosiy vositalari, sotib olgan qimmatli qog’ozlari, investisiyalari, valyuta
boyliklari ko’rinishida bo’ladi.
Bank tizimining likvidligi – bankning o’z majburiyatlarini vaqtida va so’zsiz
bajara olish imkoniyati. 
Banklar likvidligi – banklar aktivlarining qisqa muddat ichida pulga aylanish
qobiliyati. Likvidlik bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o’sishini moliyalash
bilan birgalikda depozitlar va qarz mablag’lari darajasining pasayishini samarali
boshqarishni ham bildiradi. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling