Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Aksiyadorlik jamiyati – korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli bo’lib,
jamiyat ixtiyoridagi mulki, boyligiga asoslanib, faoliyat yuritadi. Aksiyadorlik
jamiyati sarmoyasi jamiyat a’zolarining qo’shgan pul mablag’i yoki moddiy
ne’matidan tashkil topadi.
Aksiyaning nazorat paketi – biror shaxsga aksiyadorlar jamiyati faoliyati
ustidan nazorat qilishni ta’minlaydigan aksiyalar hissasi. Odatda bunday holat
aksiyalar miqdorining yarmidan ko’pi yoki katta qismi bir qo’lda to’planganda
amalga oshadi.
Arbitraj – xo’jalik tomonlari o’rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qiluvchi
hakamlar sudi.
Aylanma fondlar – bu fondlar odatda ishlab chiqarish jarayonlarida bir marta
ishlatilib, ularning har birida yangilanadi va o’z qiymatini ishlab chiqarilgan
mahsulotga to’la o’tkazadi.
Asosiy fondlar – bu fondlar ishlab chiqarish jarayonida qayta-qayta
ishlatiladi. U uzoq muddat davomida foydalanishga mo’ljallangan bo’lib,
yemirilishi darajasiga qarab, ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga o’z qiymatini
asta-sekinlik bilan o’tkazib boradi.
Assortiment – sotish xonasidagi turli-tuman mollarning to’planishi; ba’zida
bir molning turlar, navlarining to’plami.
Assosiasiya – to’planma, uyushma; biror maqsadga erishish uchun (xo’jalik,
siyosiy, ilmiy, madaniy yoki boshqa maqsadlar) birlashish. Assosiasiya yuridik
shaxs hisoblanadi.
Auditor firmasi – mustaqil tashkilot bo’lib, shartnoma asosida korxonalar


yillik buxgalteriya hisobotini tekshiradi va tasdiqlaydi. Tekshiruv davomida
auditor firmasi buxgalteriya hisob-kitobining holati va talabga mos kelishi, moliya-
xo’jalik faoliyati masalalarining haqiqiy holatga mos kelishini nazorat qiladi.
Auksion – kim oshdi savdosi. Bu alohida xususiyatga ega bo’lgan va alohida
joylarda tashkil etiladigan ochiq savdoga asoslangan maxsus bozor. Auksion
o’zaro musobaqaga tayangan holda amalga oshadi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling