Tadbirkorlik pdf
Aholining xarid qobiliyati
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bashorat
- Bozor segmenti
- Bozor sig’imi
Aholining xarid qobiliyati – aholining bozordagi vujudga kelgan narx
asosida mollar va xizmatni xarid qilish imkoniyati. Aholining xarid qobiliyati bozor sig’imini belgilashda yetakchi o’rin egallaydi. Aholining minimal iste’mol byudjeti – har bir oila a’zosining ish kuchini qayta tiklashi uchun zarur mablag’ miqdori. Bunda zarur iste’mol mollari, xizmatning miqdori va sifati e’tiborga olinadi va oilaning har bir a’zosiga pul birligida hisoblanadi. Baza – asos, tayanch, quyi qism, ombor va boshqalar. Tijorat ishlarida band bazalar; mol qabul qiluvchi, qayta ishlovchi, navlarga, turlarga ajratuvchi va saqlovchi bazalardan iborat. Bank – pul mablag’larini mujassamlashtiradigan, qarz beruvchi, pul, qimmatbaho qog’ozlarni, hisoblarni olib boruvchi muassasa. Bankrot – to’lovga qodir bo’lmagan qarzdor. Barter – savdo-sotiq faoliyatining bir turi bo’lib, mahsulot ayriboshlash pul to’lovisiz sodir bo’ladi. Almashuv mahsulotlar narxi, xalqaro va ichki bozor narxlari, sifati, yetkazib berish shartlari hisobga olinib, ular o’rtasidagi nisbat o’rnatiladi. Bashorat – ma’lum axborotlar, raqamlar, hisoblar, sharoitga tayanib bashorat qilish. Bijuteriya – zargarlik mollari savdosi. Birja – qimmatbaho qog’ozlar, valyuta, tovar, ish kuchi va xomashyo sotiladigan va xarid qilinadigan muassasa. Boj to’lovi – chegaradan chiqayotgan yoki kelayotgan mollarga qo’yilishi mumkin bo’lgan to’lov. Uning miqdori davlat siyosatiga bog’liq. Boj miqdori maxsus boj tariflarida ifodalanadi. Bozor segmenti – bozorning ma’lum qismini tashkil etadi va bozordagi iste’mol maqsadi bir bo’lgan xaridorlarning xatti-harakatini tavsiflaydi. Xaridorning daromadi, turar joyi, oilaviy, milliy urf-odatlari, jinsi, yoshi va boshqa xususiyatlariga qarab bozor segmentlashtiriladi. Bozor sig’imi – ma’lum bozorda ma’lum muddatda to’lovga qodir mol taklifi va chakana narx darajasi hisobga olingan holda sotilishi mumkin bo’lgan mol miqdori. Bozor sig’imini aniqlashda biror tovarga mo’ljallangan aholining xarid quvvati, korxonalarning aynan shu molni sotib olish ehtiyoji hisobga olinadi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling