Tadbirkorlik pdf


Ishlab chiqarish infratuzilmasi –


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Ishlab chiqarish infratuzilmasi – ishlab chiqarishning rivojlanishi uchun
tashqi shart-sharoitlarni ta’minlovchi tarmoqlar majmui bo’lib, o’z ichiga temir va
avtomobil yo’llari, elektr, gaz va suv ta’minoti, aloqa kommunikasiyalari, ombor


xo’jaligi va boshqalarni oladi.
Intermodal markaz – yuk tashishlar bo’yicha xalqaro kommunikasiya va
logistika markazi.
Internet xizmatlari – internet tarmog’i abonentlariga amaliy bayonnomalar
tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar majmui: elektron pochta,
fayllarni qabul qilish va uzatish, veb-hujjatlarni o’qish, muayyan masofadan turib
bir vaqtning o’zidagi muloqot (chat), terminal orqali erkin foydalanish, tarmoqda
hujjatlarni saqlash va ishlash va h.k.
Ijtimoiy infratuzilma – aholining turmush faoliyatini, uning farovonligi
ta’minlashga xizmat qiluvchi turli muassasa va obyektlar majmui. Masalan, ta’lim
muassasalari, dam olish va davolanish maskanlari, uy-joy, kommunal va maishiy
xizmat ko’rsatish shoxobchalari, tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiyasi
ta’minoti, yo’lovchi transporti va boshqalar. 
Ijtimoiy soha obektlari – aholining munosib turmush sharoiti va
farovonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmui. Bular
qatoriga uy-joy fondlari, sog’liqni saqlash, maorif, sport, madaniyat muassasalari
va boshqalarni kiritish mumkin.
Ijtimoiy dasturlar aholining bevosita turmush sharoiti va farovonligini
ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlarni rivojlantirishga oid chora-
tadbirlarni o’z ichiga olgan rejaviy hujjatlar.  
Iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sifat jihatidan
takomillashtirish, uning barqaror va mutanosib rivojlanishini ta’minlash imkonini
beruvchi, maqsadga muvofiq holda va izchil ravishda amalga oshiriluvchi tub
o’zgarishlar, chora-tadbirlar majmui.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling