T/R
|
Chora-tadbir nomi
|
Amalga oshiriladigan ishlar
|
Muddati
|
Mas’ullar
|
|
|
|
|
|
1.
|
O‘zbek tili grammatikasini o‘qitishni hamda milliy ruhiyatga mos holda ishlab chiqilgan ona tilini o‘qitishning yangi metodikasini ona tili darslarida qo’llash.
|
1. Bunda ona tili fanidan grammatik tushunchalari soddalashtirilgan va takomillashtirilgan; boshlang‘ich sinflarda yozish va o‘qish ko‘nikmalarini uyg‘unlikda shakllantirilgan ona tili va o‘qish fanlarini yagona darslik asosida o‘qitib borish;
2. 5-11-sinflarda ona tili va adabiyot faniga nutq madaniyati va notiqlik san’ati mavzularini o‘quvchilar ongiga singdirib borish.
|
Doimiy
|
Maktab direktori
O‘TIBDO‘
MMIBDO‘
|
|
|
2.
|
Aniq va tabiiy fanlarini takomillashtirilgan metodika asosida o‘qitish
|
Aniq va tabiiy fanlarni amaliyot bilan bog‘lash;
O‘qituvchilar uchun yaratilgan zamonaviy metodik qo‘llanmalardan unumli foydalanish;
O‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, xususiy xulosalardan umumiy xulosalar chiqarish va umumiy xulosalarni xususiy hollarga tatbiq qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mediaresurslardan unumli foydalanish;
Tabiiy fanlarni o‘qitishdagi xalqaro tajribani o‘rganish asosida ta’lim jarayonini spiralsimon yo‘nalishda olib boorish.
|
Doimiy
|
Maktab direktori
O‘TIBDO‘
MMIBDO‘
|
|
|
3.
|
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinf bitiruvchilarining o‘qishini kelgusida ixtisoslashtirilgan sinflarda davom ettirish maqsadida ularni saralab olish
|
Maktabdagi 4-sinf bitiruvchilarining qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash natijalari asosida ularni ixtisoslashgan sinflarda o‘qitishni davom ettirish tizimini joriy etish;
Maktabdagi 4-sinf bitiruvchilarini fanlar bo‘yicha saralash va yo‘naltirish tartibini tasdiqlash;
Fanlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sinflarga hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va tegishli fanlardan sinovlar o‘tkazish hamda ota-onalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tuzish va uning vazifalarini belgilash;
Fanlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sinflarga o‘quvchilarni qabul qilish va ularni chetlashtirish tartiblarini belgilash.
|
Doimiy
|
Maktab direktori
O‘TIBDO‘
MMIBDO’,
|
|
|
4.
|
Maktabdagi “Tarbiya” fanini o‘qititishda buyuk ajdodlarimiz a.sarlaridan foydalanish
|
10-11-sinflar uchun mo‘ljallangan “Tarbiya” fanini o‘qitishda buyuk bobolarimiz asarlaridan keng foydalanish va dars jarayonlarida qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanish.
1-9-sinflar uchun yaratilgan “Tarbiya” fanini o‘qitishda buyuk bobolarimiz asarlaridan keng foydalanish
|
Doimiy
|
Maktab direktori,
O‘TIBDO‘,
MMIBDO‘,
Fan o‘qituvchilari
|
|
|
5.
|
Uzluksiz ta’lim tizimida bir nechta chet tilini o‘rganish konsepsiyasini o‘rganib chiqish va tasdiqlash.
|
Uzluksiz ta’lim tizimida bir nechta chet tilini o‘rganish konsepsiyasini o‘rganib chiqish va joriy etish;
Ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan sinflarda 5-sinfdan boshlab o‘quv rejadagi ba’zi fanlarni jumladan matematika, va chet tilini o‘tkazish hisobidan 2 va undan ortiq fanlarni o‘qitishni yo‘lga qo‘yish.
|
Doimiy
|
Maktab direktori,
O‘TIBDO’,
MMIBDO‘
maktab psixologlari, sinf rahbarlari
|
|
|