11-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini baholash


Download 8 Kb.
Sana10.10.2023
Hajmi8 Kb.
#1696800
Bog'liq
Eksport salohiyatini baholash-fayllar.org


Eksport salohiyatini baholash




11-mavzu. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING 

EKSPORT SALOHIYATINI BAHOLASH 

11.1. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyati va eksportyor 


korxonalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi
11.2. Ekportning tovar va geografik tarkibini takomillashtirish. 


11.1. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyati va eksportyor 

korxonalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi 

Eksport diversifikatsiyasi, ya’ni xorijga sotilayotgan tovarlar va xizmatlar 


nomenklaturasining kengayishi, jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi (ayniqsa,
xom ashyo) ulushining katta bo’lishiga barham berilishi, mahsulotlarimiz eksport 
qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini kengaytirish eksport hajmining barqaror
bo’lishini ta’minlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o’zarishlarga 
ta’sirchanligi darajasini pasaytiradi.
Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada ortib 
ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda eksportchi
korxonalarni og’ir ahvolga solib qo’yishi mumkin. Buning natijasida eksport hajmining 
qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo balansining yomonlashuvi va
korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. 
SHuningdek, eksport umumiy hajmining kam sonli davlatlarga bog’lanib qolishi ham
qaltis holat hisoblanadi. 
Prezidentimiz tomonidan ma’ruzada ilgari surilgan tayyor raqobatbardosh
mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar 
geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror
o’stirish, tashqi bozordagi o’zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini 
bartaraf etish imkonini beradi.
Eksport qilinayotgan tovarlarni diversifikatsiya qilish, ularni import qiluvchi 
mamlakatlar geografiyasini kengaytirish bu mamlakatlardan biri yoki bir guruhining
iqtisodiyotida muammolar ro’y berganda ham eksport hajmining keskin pasayib ketishiga 
yo’l qo’ymaslik imkonini beradi.
O’tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash borasida 
amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini yuksaltirish,
tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror o’stirish 
imkonini bermoqda .



11.2. Ekportning tovar va geografik tarkibini takomillashtirish. 

Respublikamiz eksporti va importining tovar va geografik tarkibini takomillashtirish 


orqali raqobatbardoshlikni oshirish bir qator vazifalarning amalga oshirilishini taqozo
etadi.

Tayanch iboralar: Eksport, import, diversifikatsiya, raqobatbardoshlik,
korxonalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanish. 






11.2.2-rasm.
Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, yoki ishlab chiqarishni 
yo’lga qo’yish mumkin bo’lgan mahsulotlarga bo’lgan talabni o’rganish, bunday tovarlar
bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport 
qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi.
Jahon
bozorlarida 

korxonalarimiz


mahsulotlarining 
raqobatbardoshligini
ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi: 
- eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajatlarini
kamaytirishda ko’maklashish; 
- ularni tashqi bozor kon’yunkturasidagi o’zgarishlar, istiqbolli bozorlar,
raqobatchilar to’g’risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish; 
- transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish;
- yangi transport yo’laklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish va 
h.k.
Bu borada har bir tarmoq uchun ishlab chiqilishi ko’zda tutilayotgan 2010-2012 

yilga mo’ljallangan tayyor mahsulotni yangi tashqi bozorlarga chiqarish bo’yicha maxsus


dasturlarda eksport hajmini oshirish, eksport qilinadigan yuklarni tashish tizimini 
takomillashtirish, eksportchi korxonalarni marketing, moliya va tashkiliy-huquqiy
qo’llab-quvvatlash masalalari o’z aksini topadi. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, eksport hajmini oshirish, uning tarkibini takomillashtirish,
umuman tashqi savdo aylanmasini divesifikatsiya qilish iqtisodiyotimiz tarkibiy 
tuzilishida sifat o’zgarishlariga erishish, uning raqobatbardoshligini oshirish orqali
iqtisodiy yuksalish va aholi turmush farovonligini yanada ko’tarish maqsadlariga xizmat 
qiladi.


Tashqi savdo aylanmasining tovar va geografik tarkibini 


takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish 
Xom ashyo eksportini qisqartirib, qo’shilgan 
qiymat hissasi yuqori bo’lgan tayyor mahsulotlar
eksportini ko’paytirish 
Mahsulot tannarxini pasaytirish orqali ularning 

raqobatbardoshligini ta’minlash


Yangi mahsulotlarni jahon 
bozoriga olib chiqish
Iqtisodiyotning tarmoq tarkibini 
takomillashtirish
Tashqi savdoga xizmat qiluvchi 
infratuzilmani yanada
rivojlantirish 
Iqtisodiyotni texnik-texnologik qayta
qurollantirish asosida tayyorlanayotgan 

mahsulotlar sifatini yaxshilash





http://fayllar.org
Download 8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling