Tadbirkorlik pdf


Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati uchun


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

4.4. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati uchun
marketing dasturini ishlab chiqish
Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo’lib, korxonaning
bozorda aniq faoliyat ko’rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq
ma’noda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga
yo’naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi.
Marketing dasturlari qisqa muddatli(bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha) va
uzoq muddatli (10 yilgacha va undan ko’proq) bo’ladi. Ular umumiy shaklda yoki
korxonaning maxsus faoliyatlariga mo’ljallangan bo’lishi mumkin.
Marketing dasturi bu korxonani umumxo’jalik faoliyatini direktiv rejasini
tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo’g’ini uchun qaror
qabul qilish asosidir. Marketing dasturining asosiy mazmuni korxonani o’tgan
davrdagi faoliyat natijalari bo’lib, unda maqsadli bozor rivojlanishining qisqa
tahlili va bashorati, firma rivojlanishining asosiy maqsadi, bozordagi xulq-
atvorining strategik yo’li, tovar, narx, sotish va rag’batlantirish siyosatlarining
chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlari mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing
harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish
bo’yicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmaning
imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo’lsa-
da, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida ko’riladi. Firmalar
faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyaning yuqori
boshqaruv bo’g’ini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, strategik dasturlar,
strategiyani tanlash) darajasida asoslanib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun
zarurdir.
Marketing dasturining strategik yo’nalishi bozordagi mavqyei va korxona
holatining bog’ligiga ko’ra, o’z ichiga turli variantlarni oladi.
Strategiyalar diversifikasiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentlash, hujum va
ximoya strategiyalari bo’lishi mumkin.
Marketing dasturini ishlab chiqarishda ko’p variantlilik tamoyillaridan


foydalaniladi. Xizmatning tuzilishiga binoan marketing dasturi va rejasining bir
necha varinatlari: ikki yoki uch, ya’ni minimal, optimal va maksimal turlari
bo’ladi. Dasturning minimal varianti, dasturni og’ir (yomon) sharoitlarda
rivojlantirish, maksimal variantida esa yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni ko’zda
tutadi. Masalan, Yaponiya firmalari marketing dasturi va rejasining minimal
variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda haqiqiy muvaffaqiyatga ijtimoiy va
iqtisodiy hamda psixologik samarani olishni maqsad qilib erishadi. Shuningdek
dasturning o’rtacha yoki optimal variantlari keng tarqalgan.
Quyidagi 4.4.1-rasmda marketing dasturi majmui jarayoni keltirilmoqda. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling