Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Shaxsiy vositalar. Bu yerda ish asoschisi, uning hamkorlari, oila a’zolarining
qo’shgan shaxsiy hissasi ko’rsatiladi.
Biznesning ta’rifi. Firmaning miqdoriy ko’rsatkichlari, tashkiliy-huquqiy
shakli, joyi, manzili va ishlovchilar sonini ko’rsatish lozim. Ishlab chiqarilmoqchi
yoki bajarilmoqchi bo’lgan tovar va xizmatlar, korxonaning qisqacha tarixi,
istiqboli, marketing hududi, iste’molchi va ta’minotchilarni ko’rsatish lozim.
Boshqaruv. Har bir mulk egalari va korxonaning boshqa boshqaruvchilarining
ma’lumoti, tajribasi haqidagi ma’lumotni o’z ichiga oladi.
Korxonaning moliyaviy istiqboli va ko’rsatkichlari. Agar korxona yangi
tashkil etilgan bo’lsa, unda korxona egasining shaxsiy kapitalini ko’rsatish, rejali
balans tuzish, istiqbolini baholash keltirilishi lozim. Shu bilan birga kutilmagan sarf-
xarajatlar uchun muayyan mablag’larni ajratib qo’yish kerak. Agar korxona jamoasi
harakatda bo’lsa, unda oxirgi ikki-uch yil ichidagi daromad va zararlar haqida
balansli hisobot va bugungi holati haqidagi ma’lumotni taqdim etish lozim.
Ko’rsatilgan beshta bo’lim uchun 11 yordamchi shakl tuziladi.
1-shakl. Qarz olish uchun berilgan arizaning maqsadi va uning asoslanishi.
2-shakl. Shaxsiy moliyaviy deklarasiya.
3-shakl. Korxonaning batafsil ta’rifi.
4-shakl. Bozorning tahlili.
5-shakl. Raqobatchilar.
6-shakl. Korxonaning joylashtirilishi.
7-shakl. Korxonaning xodimlari.
15[15]
Берл Г. Создать свою фирму. -М.: Дело, 1994. 20-21-бетлар. 


8-shakl. Boshqaruv.
9-shakl. Tashkil etilayotgan yoki kengaytirilayotgan korxona uchun
moliyaviy ma’lumot.
10-shakl. Harakatdagi korxonani sotib olish uchun moliyaviy ma’lumot.
11-shakl. Rahbar uchun qiskacha xulosa.
Qator xorij mualliflari biznes-rejaning rasmiylashtirilishi shakliga e’tiborni
qaratmoqdalar. Qog’oz, papka, yozuv, varaqlarning sifati, ya’ni tashqi ko’rinishi
hujjatni o’kiyotganda ma’lum taassurot qoldirishi mumkin. Xatosiz, toza yozilgan
hujjat ishonch va hurmat uyg’otadi.
G. Berl AQSh turli shtatlarining to’qqiz rayonlari tadbirkor
boshqaruvchilarining tresti hisoblanmish ishbilarmonlar forumi ma’qullagan
namunali biznes-rejaning ta’rifini keltiradi. Bu quyidagilardan iborat: Hajmi 40
betgacha. Spiral mahkamlagich bilan mahkamlangan. Muqovada kompaniyaning
nomi yozilgan. Titul varag’ida esa kompaniyaning nomi va manzili yozilgan. Reja
ikki betda yozilgan kompaniyaning bugungi operasiya va rejalari haqidagi
qisqacha axborotdan boshlanadi. Bo’linmalarning nomlari ilova qilingan. Matnda
yetakchi xodim va investorlar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Buxgalteriya
hisoboti bo’yicha maslahatchilarning va maslahatchi-yuristlarning taqrizlari
keltiriladi.
Biznes-rejani ishlab chiqishda undagi bo’limlar ta’rifi qisqa, tushunarli
bo’lishiga alohida e’tibor berish lozim. Chunki bular biznes-rejaga qiziquvchi shaxs
yoki bank xodimining undagi materiallarni o’qish-o’qimasligini belgilab beradi.
Xulosa qisqa bo’lib, biznes-rejaning barcha bo’limlarini qamrab olishi lozim.
Xulosada quyidagi ma’lumotlar mavjud bo’lishi tavsiya etiladi:
- korxonaning nomi, uning yuridik manzili;
- aloqa qilish uchun shaxs, uning telefoni;
- biznes turi;
- kerakli qarz;
- qarzning maqsadi;
- mavjud aktivlar;
- mahsulot va bozor (mahsulotning qisqacha ta’rifi, uning real sotish
imkoniyatlari);
- boshqaruv (asosiy mulk egasi va uning yordamchilari ta’rifi);
- moliyaviy rejalar;
- sotish va daromad hajmining o’sish imkoniyatlari ko’rsatiladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling