Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Sof joriy qiymat ba’zida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. Loyihani
amalga oshirish vaqtida mahsulot sotishdan olingan umumiy daromaddan shu vaqt
davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar ayirmasiga sof joriy qiymat deyiladi.
Rentabellik foydaning kapital qo’yilmalar yoki aksioner kapitaliga nisbati
shaklida aniqlanadi. Tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rentabellik har bir
yilga hisoblab chiqiladi. Bu yerda soliqlar hisobga olinadi.
Integral samaradorlikni nolga tenglashtiruvchi rentabellikning dastlabki sath
mazmuni samaradorlikning ichki koeffisiyenti hisoblanadi. Agar samaradorlikning
ichki koeffisiyenti dastlabki sath mazmunidan past bo’lmasa, loyiha samarali
hisoblanadi.
Kapital qo’yilmalarning qaytarilish davri. Bu ko’rsatkich kapital qo’yilmalarning
o’z-o’zini qoplash muddati sifatida amalda keng qo’llaniladi. Bu davrda funksional-
ma’muriy zararlar hisobdan chiqarilgandan keyin asosiy kapital qo’yilmalar qoplanadi.
Pulning maksimal sarf-xarajati. Bu sof joriy qiymatning eng katta salbiy
moliyalashtirish o’lchamlarini aks ettiradi va sarf-xarajatlarni qoplash manbalari
bilan bog’lanishi lozim.
Zararsizlik me’yorlari. Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot partiyalarining
minimal o’lchovi, «nol daromad» olinadi, ya’ni sotuvdan kelgan daromad ishlab
chiqarishdagi xarajatga teng bo’ladi.
G’arb mamlakatlari banklaridan kredit olishda biznes-rejaning boshqacha
tuzilmasi qo’llaniladi. Bu holatda biznes-reja quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
Kirish va umumiy ma’lumot. Bu bo’limda yuridik shakl ko’rsatiladi, korxona
faoliyati tarixi va muhim tadbirlarning kisqacha ta’rifi beriladi.
1. Korxona faoliyatini baholash. Bu yerda korxonaning ba’zi muhim
xususiyatlari ko’rsatiladi, ya’ni uning bozorda egallagan o’rni, mavqyei, sotuv tizimi
va boshqalar.
2. Mahsulotni va sotish bozorini ta’riflash.
3. Tadqiqotlar va ishlanmalar. Bu bo’limda tadqiqotlar, dastur va
tashabbuslarning asosiy yo’nalishlari aks ettiriladi.


4. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati. Korxonaning ishlab chiqarish holati,
ishlab chiqarish quvvatlarining holati ta’riflanadi.
5. Xodimlar va mehnat munosabatlari.
6. Tashkil etish va boshqarish. Umumiy-tashkiliy ko’rsatkichlardan tashqari,
oliy lavozimli shaxslar va rahbar xodimlarining qisqacha biografik ma’lumotlari
beriladi.
7. Yuridik ma’lumotlar. Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq o’tmishdagi
hamda hozirgi sud va arbitraj ishlari qisqacha ta’riflanadi.
8. Moliyaviy ma’lumotlar. Keyingi 5 yil ichidagi moliyaviy hisobotlar ko’rib
chiqiladi. 5 yillik istiqbolli moliyaviy ahvol ta’riflanadi.
9. Likvidlik. Qarzlar, aylanma mablag’lar holatining tahlili, kompaniyaning
soliqlari, qarzlari ko’rsatiladi.
10. Shartnomalar. Korxona ishtirok etgan barcha shartnoma va bitimlar ta’rifi
beriladi.
11. Buxgalteriyaning boshqa hisob-kitoblari. Ro’yxatga olinmagan mulk
(kvartira, mehmonxona, shifoxona, profilaktoriy va boshqa-lar)ning qisqacha bayoni
beriladi.
Bundan ham qisqacha biznes-rejaning chizmasi G.Berl tomonidan taqdim
etilgan.
15[15]
U quyidagi bo’limlardan iborat:
Kerakli pul mablag’i kiritilgan arizaning maqsadi, zayomni qoplash uslublari
va uning ta’minoti.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling