Tadbirkorlik pdf


-rasm. Tadbirkorlik faoliyatining biznes-rejasi


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

5.1.1-rasm. Tadbirkorlik faoliyatining biznes-rejasi
Tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Rejalashtirilayotgan
bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag’ sarflash va shu mablag’ qancha foyda
keltirishini hisoblab chiqish lozim. Bunda va umuman, biznes-reja tuzishda vaqt
omilini doimo hisobga olish kerak. Boshqacha qilib aytganda, keladigan foyda vaqtga
qarab qanday taqsimlanadi va inflyasiyaga nisbatan uning samaradorligi qanday
bo’lishlishini hisoblab chiqish lozim.
Biznes-loyihani amalga oshirishdan avval shuni e’tiborga olish kerakki,
olinadigan foyda omonat bankka qo’yilgan shu miqdordagi mablag’ keltiradigan
foizdan ko’p bo’lishini ta’minlashi lozim.
Biznes-reja tuzuvchilarning diqqat markazida, markaziy, ustuvor masaladan
tashqari, boshqa maqsad va vazifalar ham turishi kerak. Masalan, ijtimoiy maqsadlar,
tadbirkorlik maqomini ko’tarish, maxsus maqsad va vazifalar, homiylik tadbirlari va
boshqalar.
Ikkinchi bo’lim. «Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametr va
ko’rsatkichlari» umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo’lib, biznes-reja asosiy g’oya va
mazmunining qisqacha ko’rinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida yaratilib,
aniqlanadi va biznes-rejani tuzgandan keyin yakunlanadi.
Umumlashtiruvchi bo’limda quyidagilar taqdim etiladi: bosh maq-sadning
loyihasi (bitim); ishlab chiqariladigan mahsulot, tuzilayotgan reja yakunining
qisqacha tavsifi va ularning o’zaro farqi; qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’l va
usullari; loyihani amalga oshirish muddatlari; uni amalga oshirish bilan bog’liq sarf-
xarajatlar; kutilayotgan samara va natija; olingan foydani qo’llash sohasi.
Umumlashgan natija ko’rsatkichlari: umumiy yakunlovchi ko’rsatkichlar (ishlab
chiqarish hajmlari, mahsulotning sotilishi, xizmatlarning ko’rsatilishi; sotishdan
tushgan mablag’; shaxsiy va zayom sifatida olingan vositalar (samaradorlik); maxsus
ko’rsatkichlar (sotilayotgan tovar va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati, ularning o’ziga
xos xususiyati, iste’molchilarnint talabi va didini qoniqtirishi; qilingan xarajatlarning
qoplanishi; tavakkalning past darajaliligi; rejalashtirilayotgan natijani olish
kafolati).

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling