Tadbirkorlik pdf
Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
5.3. Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil
qilish asoslari Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar faoliyat yuritishlarini mablag’ bilan ta’minlash iqtisodiy muammolardan biri bo’lib, katta tavakkalchilikni talab etadi. Sarflangan mablag’larni qaytarish, qoplash muddati qanchalik uzoq bo’lsa, bu xavf darajasi ham shunchalik oshib boradi. Chunki, bu muddat ichida bozor kon’yunkturasi ham, narx-navolar ham, ish haqi to’lovlari ham zimdan oshib boradi. Shuning uchun, iqtisodiyot barqaror bo’lmagan sharoitlarda (ayniqsa, bu holat nafaqat ayrim tovar bozori, balki butun mamlakatga xos bo’lsa) xarajatlari tezroq qoplanadigan samarali loyihalarga mablag’ sarflash maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashuv fan-texnika taraqqiyotining sur’ati eng yuqori bo’lgan va yangi texnologiya yoki mahsulotlarning kirib kelishi oldingi investisiyalarni tezda qadrsizlantirib yuborishi mumkin bo’lgan tarmoqlar uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, pulni oluvchi yetarli obro’ga ega bo’lmasa va mablag’ egasi uzoq muddatga unga pulni ishonishni xohlamasa ham mablag’ning o’zini qoplash muddatiga qarab ish ko’riladi. Misol tariqasida, «Jahongir» kichik korxonasining mablag’ bilan ta’minlanish va uni o’zlashtirish tartibini ko’rib chiqamiz. Korxona ixtiyorida o’zlashtirish uchun 120 ming so’mlik xomashyo resurslari va tayyor mahsulotlar mavjud. Mazkur resurslardan foydalanish natijasida korxona 35 ming so’m daromad olishni ko’zda tutmoqda. Shu asnoda korxona rivojlanish fondidan ajratilgan pullar va bankdan olingan kreditlarni 4 yildan kechiktirmasdan qaytarishi rejalashtirilgan. Xo’sh, ushbu loyiha talabni qondira oladimi? Buning uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz. Korxona xarajatlarini qoplash muddati quyidagi formula orqali hisoblanadi: Xarajatlarni qoplash muddati = Boshlang’ich investisiyalar = 120000 = 3,4 yil (1) Har yilgi pul daromadlari 35000 Mazkur hisob-kitobdan ko’rinadiki, hisoblab chiqilgan xarajatlarning qoplanish muddati belgilangan muddatdan ancha kam (8 oyga). Demak, investisiya ajratishning ushbu varianti qulaydir. Ammo amalda pul daromadlari har yili har xil bo’ladi. Odatda, ular ish boshida kamroq bo’lib, keyinchalik o’sib borishi mumkin (agar loyiha biror-bir aniq maqsadni ko’zlagan bo’lsa va ishlab chiqaradigan mahsulot xaridorgir bo’lsa). Bunday holatda xarajatlarni qoplash muddati ancha boshqacha bo’ladi. Faraz kilaylik, investisiya miqdori misolimizdagi kabi bo’lib, yillar bo’yicha ko’zda tutiladigan tushumlar quyidagicha bo’lsin: birinchi yilda – 25 ming so’m; ikkinchi yilda – 35 ming so’m; uchinchi yilda – 48 ming so’m; to’rtinchi yilda – 54 ming so’m. Bulardan ko’rinadiki, 3 yilda daromadlar hajmi 108 ming so’mni tashkil etadi. Demak, investisiyaning to’liq qoplanishi uchun to’rtinchi yili davomida atigi 12 ming so’m talab etiladi. Bu summani to’rtinchi yilda ko’zda tutilgan daromadlar summasi (54 ming so’m) ga teng bo’lib, shu yil uchun xarajatlarning qoplanish muddati – 0,22 yilga ega bo’lamiz. Shunday qilib, xarajatlarni qoplash muddati 3,22 yilni (3,0 + 0,22) tashkil etadi. Investisiyalarni tahlil qilishning bunday usuli oddiyligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Uning qulayligi yana shundaki, agar investisiya yo’l qo’yiladigan muddatda qoplanishi nuqtai nazaridan baholanganda, u investisiyaning qaltisligi haqida ham aniq tasavvurga ega bo’lishga yordam beradi. Shu boisdan, bunday hisob-kitob investisiyani baholashning eng mukammal usullariga foydali qo’shimcha bo’la oladi. Chunki ular, ko’pincha, kutilishi mumkin bo’lgan iqtisodiy inqiroz xavfini unchalik yaqqol ifodalay olmaydi. Bu usulning ham o’ziga yarasha kamchilik va nuqsonlari bor, albatta. Birinchidan, u pulning vaqt davomida qiymat o’zgarishini hisobga olmaydi. Ikkinchidan, yuqorida keltirilgan formulada investisiya to’liq qoplangandan keyin tushadigan daromadlar ham ko’rsatilmagan. Zero, yangi fondlar undan keyin ham ishlatiladi. Shu sababli, ushbu kamchiliklarni hyech bo’lmaganda qisman bartaraf etish uchun, xarajatlarni qoplash muddatini so’mning bugungi va kechagi qiymati o’rtasidagi farqni hisobga olgan holda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Pullar yoki sarflangan mablag’larning bugungi va kechagi qiymatlari o’rtasidagi farqni hisobga olish uchun investisiyalarning qoplanishi hisob-kitob qilinayotganda kelgusidagi daromadlar diskontlash koeffisiyentlariga ko’paytiriladi. Diskont koeffisiyentlari quyidagi formula orqali hisoblanadi: Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling