Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Beshinchi bo’lim. «Harakat dasturi va tashkiliy chora-tadbirlar» bo’lib, bu
bo’limning mazmuni aksariyat hollarda tadbirkorlik turiga (ishlab chiqarish,
tijorat, moliya) bog’liq. Ishbilarmonlik harakat dasturi quyidagilarni o’z ichiga
oladi: a) marketing harakatlari (reklama, sotish bozorini aniqlash, iste’molchilar
bilan aloqa bog’lash, ularning talabini hisobga olish); b) mahsulotni ishlab
chiqarish; v) tovarlarni sotib olish, saqlash, tashish, sotish (asosan, tijorat
tadbirkorligiga oid); g) tovarni sotish jarayoni va sotgandan keyin xaridorga
xizmat ko’rsatish.
Tashkiliy tadbirlar dasturiy harakatlarning uzviy qismi bo’lib, biznes-reja
bajarilishining boshqaruv uslubi; loyiha boshqaruvining tashkiliy tuzilmalarini; ijro
etuvchi harakatlarni muvofiqlashtirish uslubini qamrab oladi. Mehnat haqining
maxsus shaklini o’rnatish, rag’batlantirish, kadrlarni tanlab olish, ularni tayyorlash,
hisob, nazorat ishlari tashkiliy tadbirlarga kiradi.
Oltinchi bo’lim. «Bitimning resursli ta’minoti». Bu bo’limda tadbirkorlik
loyihasini amalga oshirish uchun zarur resurslar turi va hajmi, resurslarni olish
manbai va uslubi haqida ma’lumotlar beriladi.
Resursli ta’minot quyidagilarni qamrab oladi: moddiy resurslar (materiallar,
yarim tayyor mahsulotlar, xomashyo, energiya, inshootlar, asbob-uskunalar va
boshqalar); mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (joriy pul mablag’lari, kapital
qo’yilmalar, kreditlar, qimmatbaho qog’ozlar); axborot resurslari (statistik, ilmiy-
texnik axborot).


Yettinchi bo’lim. «Bitimning samaradorligi». Bu bo’lim biznes-rejaning
yakunlovchi qismi bo’lib, unda tadbirkorlik faoliyati samaradorligining umumiy
tafsiloti beriladi. Samaradorlikning umumiy ko’rsatkichlari orasida foyda va
rentabellik ko’rsatkichlari ustuvor mavqyega ega. Bundan tashqari, ijtimoiy va
ilmiy-texnikaviy samaradorlik (yangi ilmiy natijalarni qo’lga kiritish) ham hisobga
olinadi. Ushbu bo’limda ishbilarmonlik faoliyatining uzoq muddatli faoliyatini tahlil
qilish maqsadga muvofiqdir.
Loyihalarni asoslash jahon amaliyotida mablag’larning qo’yilishi haqidagi
qarorni tayyorlashda bir necha umumiy ko’rsatkichlar qo’llaniladi. Ular
quyidagilardan iborat:
- sof joriy qiymat;
- rentabellik;
- samaradorlikning ichki koeffisiyenti;
- kapital qo’yilmalarning qaytarilish davri;
- pulning maksimal sarf-xarajati;
- zararsizlik me’yorlari.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling