Tadbirkorlik pdf
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinchi bo’lim.
- Yettinchi bo’lim.
Beshinchi bo’lim. «Harakat dasturi va tashkiliy chora-tadbirlar» bo’lib, bu
bo’limning mazmuni aksariyat hollarda tadbirkorlik turiga (ishlab chiqarish, tijorat, moliya) bog’liq. Ishbilarmonlik harakat dasturi quyidagilarni o’z ichiga oladi: a) marketing harakatlari (reklama, sotish bozorini aniqlash, iste’molchilar bilan aloqa bog’lash, ularning talabini hisobga olish); b) mahsulotni ishlab chiqarish; v) tovarlarni sotib olish, saqlash, tashish, sotish (asosan, tijorat tadbirkorligiga oid); g) tovarni sotish jarayoni va sotgandan keyin xaridorga xizmat ko’rsatish. Tashkiliy tadbirlar dasturiy harakatlarning uzviy qismi bo’lib, biznes-reja bajarilishining boshqaruv uslubi; loyiha boshqaruvining tashkiliy tuzilmalarini; ijro etuvchi harakatlarni muvofiqlashtirish uslubini qamrab oladi. Mehnat haqining maxsus shaklini o’rnatish, rag’batlantirish, kadrlarni tanlab olish, ularni tayyorlash, hisob, nazorat ishlari tashkiliy tadbirlarga kiradi. Oltinchi bo’lim. «Bitimning resursli ta’minoti». Bu bo’limda tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish uchun zarur resurslar turi va hajmi, resurslarni olish manbai va uslubi haqida ma’lumotlar beriladi. Resursli ta’minot quyidagilarni qamrab oladi: moddiy resurslar (materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, xomashyo, energiya, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqalar); mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (joriy pul mablag’lari, kapital qo’yilmalar, kreditlar, qimmatbaho qog’ozlar); axborot resurslari (statistik, ilmiy- texnik axborot). Yettinchi bo’lim. «Bitimning samaradorligi». Bu bo’lim biznes-rejaning yakunlovchi qismi bo’lib, unda tadbirkorlik faoliyati samaradorligining umumiy tafsiloti beriladi. Samaradorlikning umumiy ko’rsatkichlari orasida foyda va rentabellik ko’rsatkichlari ustuvor mavqyega ega. Bundan tashqari, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy samaradorlik (yangi ilmiy natijalarni qo’lga kiritish) ham hisobga olinadi. Ushbu bo’limda ishbilarmonlik faoliyatining uzoq muddatli faoliyatini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Loyihalarni asoslash jahon amaliyotida mablag’larning qo’yilishi haqidagi qarorni tayyorlashda bir necha umumiy ko’rsatkichlar qo’llaniladi. Ular quyidagilardan iborat: - sof joriy qiymat; - rentabellik; - samaradorlikning ichki koeffisiyenti; - kapital qo’yilmalarning qaytarilish davri; - pulning maksimal sarf-xarajati; - zararsizlik me’yorlari. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling