Tadbirkorlik pdf
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
Aloqa jarayoni ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasida axborot ayirboshlash
jarayonidir. Aloqa qilish jarayonining asosiy vazifasi – almashuv mavzui bo’lgan axborotni tushunishni ta’minlash. Ammo axborot almashinuvining o’zi axborot almashinuvida ishtirok etayotgan ishbilarmonlarning aloqalari samaradorligiga kafolat bermaydi. Axborot almashinuvi jarayonida to’rtta element ishtirok etadi: axborot jo’natuvchi, xabar-axborotning o’zi, kanal-axborotni uzatuvchi vosita va axborot oluvchi. Bu zaminiy elementlarning ishi aniq yo’lga qo’yilgan bo’lishi, axborot buzilgan bo’lmasligi kerak. Axborot almashuvi chog’ida ikki tomon (sotuvchi va xaridor) muhim rol uynaydi. Agar sotuvchi tovar narxini aytsa, bu faqat axborot almashinuvining boshlanishi. Axborot almashuvi samarali bo’lishi uchun xaridor tovarni shu narxga xarid qilishga rozi ekanligini sotuvchiga xabar qilishi lozim. Agar bir tomon axborotni takdim etsa va boshqa tomon uni buzmasdan qabul qilsa, u holda axborot almashinuvi sodir bo’ladi. Shu bois aloqa jarayoniga alohida e’tibor berishi kerak. Aloqa texnikasi turli-tumandir. Biznesda aloqa texnikasi vositalaridan biri kompyuterlashtirishdir. Kompyuterlashtirishning ahamiyati bozor munosabatlariga o’tish, ishbilarmonlarning jahon bozoriga chiqish munosabati bilan taqqoslab bo’lmaydigan holda o’smoqda. Ma’lumki, jahon amaliyotida kompyuterlashtirish kundalik va muhim texnika bo’lib qolgan. Kompyuterlar yordamida biznes-rejalar tuziladi, mehnatga haq to’lash ishlari amalga oshiriladi, bozorlar tadqiq qilinadi, chakana va ulgurji savdolar o’rganiladi. Aytilganlardan kelib chiqib, xulosa qiladigan bo’lsak, axborot biznesda, kichik va xususiy tadbirkorlikda katta ahamiyatga ega bo’lib, ular qabul qilinayotgan qarorlarning manbai hisoblanadi. Haqiqatda axborotlarsiz, kerakli ma’lumotlarsiz hyech kim ishlay olmaydi. Qabul qilinayotgan qarorlarning amaliyligi, kichik va xususiy tadbirkorlikning samaradorligi axborotlar sifatiga, uni o’z vaqtida yig’ish, uzatish va qayta ishlashga bog’liq. Axborotlar majmui tadbirkorlik faoliyati axborot tizimini tashkil qiladi. Tadbirkorlik faoliyatining axborot tizimi o’z ichiga kerakli axborotlar, hujjatlar, biznes tadqiqotlari tizimi, aloqa kanallari va texnik vositalarni qamrab oluvchi murakkab axborot tuzilmasidir. Tadbirkorlar o’z ish kunlarini kichik va xususiy korxonalar, savdo korxonalari ishi haqidagi ma’lumotlar, mahsulotlarga buyurtmalar va mahsulotni ortib- jo’natish haqidagi teleks hisobotlari bilan tanishish, haqiqiy va reja ko’rsatkichlarining o’zaro munosabatlari, ishlab chiqarish xarajatlarini o’rganishdan boshlaydilar. Ular mahsulotlarni joriy va o’tgan vaqtda sotilishi, tovar-moddiy zaxiralar, mehnatni tashkil qilish va unga haq to’lash, transportda tashish va aholiga boshqa xizmatlar ko’rsatish haqidagi axborotlarni sanoqli daqiqalarda oladilar. Bunda ularga hisoblash texnikasi va axborotlarni qayta ishlash jarayonini kompyuterlashtirish yordam beradi. Yig’ilgan va qayta ishlangan axborotlar tadbirkorlarga boshqaruv qarori qabul qilishda yordam beradi. Samarali ishlayotgan korxonalar yig’ilayotgan axborotlar sifatini oshirish va miqdorini ko’paytirishga yetarli darajada kuch sarflaydilar. Ular o’z xodimlarini sodir bo’layotgan voqyealarni qayd qilish va ular haqida xabar qilishga o’rgatadilar va buning uchun taqdirlaydilar. Firma ulgurji va chakana sotuvchilar va boshqa ittifoqchilarini muhim xabarlarni uzatishga rag’batlantiradi. Ishbilarmonlarga raqiblari haqida axborotlar zarur. Bunday axborotlarni raqiblar tovarlarini xarid qilish orqali «ochiq eshiklar kuni»da, ixtisoslashtirilgan ko’rgazmalarga borganda olishlari mumkin. Raqiblar haqidagi ma’lumotlarni ularning hisobotlarini o’qib va hissadorlar majlislarida ishtirok etib, raqib korxona xodimlari, raqiblarga mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan suhbatlashib ham olish mumkin. Raqiblarning reklamalari yig’indisi, ularning reklama xarajatlari va ular foydalanayotgan reklama vositalari to’plamini olish uchun reklama byurosining pullik xizmatlariga murojaat qilinadi. Tadbirkorlarga mijozlar, dilerlar va bozorda harakat qiluvchi raqobatchilar haqida ma’lumotlar kerak. Bozor munosabatlariga o’tish yanada kengroq va yanada sifatliroq axborotlar olish zarurligini shart qilib qo’yadi. Tadbirkorlar uchun xaridorning tovar xususiyatlariga munosa-batlarini oldindan bashorat qilish borgan sari qiyinlashmoqda va ular tadqiqotlarga murojaat etmoqdalar. Ishbilarmonlarga borgan sari ko’proq axborotlar kerak bo’ladi va ularga doimo axborot yetishmaydi. Shuning bilan bir vaqtda, ishbilarmonlar kerakli aniq va foydali ma’lumotlarni yetarli mikdorda yig’a olmayotganliklaridan shikoyat qiladilar. Ba’zi korxonalarda joriy axborotlarni yig’ish va tarqatish bo’yicha maxsus bo’limlar yoki laboratoriyalar tashkil yetilgan. Bu bo’lim xodimlari kerakli axborotlarni qidirib topish uchun eng muhim nashrlar, gazeta va jurnallarni ko’zdan kechiradilar va ishbilarmonlarga maxsus tayyorlangan axborot varaqalarini jo’natadilar. Bunday xizmatlar tadbirkorlarga kelib tushayotgan axborotlar sifatini keskin oshirishga imkon beradi. Ishbilarmonlarda, qoidaga ko’ra, o’z kuchlari bilan biznes tadqiqotlari o’tkazish uchun vaqt va ko’nikma mavjud emas, shuning uchun ular bunday tadqiqotlarni buyurishga majburlar. Korxona shartnoma asosida tadqiqot o’tkazishga qandaydir ilmiy tadqiqot instituti yoki oliy o’quv yurtiga buyurtma berishi mumkin. Yirik korxonalar o’z tadqiqot bo’limlari va laboratoriyalarini ochishlari mumkin. Bo’lim xodimlari orasida muhandislar, iqtisodchilar, sosiologlar, psixologlar, biznes bo’yicha mutaxassislar bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Biznes tadqiqotlari tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi: - bozorni tadqiq qilish; - reklama vositalari va e’lonlari samaradorligi; - xodimlarning ishga faolligi; - raqiblar tovarlari; - narx-navo siyosati; - tovar assortimentlari; - xalqaro bozorlarni o’rganish; - axborotlar bilan ta’minlashni tadqiq qilish; - xodimlar bilan ishlash siyosati va xodimlarning faoliyatini baholashni o’rganish va hokazo. Biznes tadqiqotlari quyidagi ketma-ketlikda o’tkaziladi (6.8.1-rasm). Tadqiqot- lar maqsadini aniqlash Axborot manbalarini tanlash Axborot yig’ish Yig’ilgan axborot- larni tahlil qilish Taklif- larni ishlab chiqish Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling