Tadbirkorlik pdf
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- STO = F * A * 100 / (100 - A);
ASS = STO * A / 100;
bu yerda, ASS – aksiz solig’i summasi, so’m. STO – soliqka tortiladigan aylanma, so’m. A – soliq stavkasi,%. Agar tovarlar boshqa mamlakatlardan tashib keltirilsa va sotilsa, aksiz solig’i summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: STO = F * A * 100 / (100 - A); Bu yerda, STO – soliqka tortiladigan aylanma, so’m. F – keltirilgan tovarlarning faktura qiymati, so’m. A – soliq stavkasi, %. Aksiz solig’i byudjetga ikki xil muddatda – har kuni va har o’n kunda to’lanadi. Birinchi usul vino-aroq mahsulotlarini sotuvchilarga tegishli. Bu usulda to’lov tovarlarning haqiqiy aylanmasi amalga oshgandan so’ng uning uchinchi kunida to’lanadi. Ikkinchi usulda aksiz osti tovarlari sotuvchi korxonalarning haqiqiy aylanmasidan har o’n kun o’tishi bilan soliq to’lanadi, ya’ni: - birinchi o’n kunlik uchun – shu oyning 13-sanasiga; - ikkinchi o’n kunlik uchun – shu oyning 23-sanasiga; - uchinchi o’n kunlik uchun – kelgusi oyning 3-sanasiga soliq to’laydi. Aksiz solig’iga tortiladigan mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovini hisoblash chog’ida soliqqa tortiladigan baza aksiz solig’i summasiga kamaytiriladigan tartib o’rnatildi. Yangi tashkil etilayotgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to’lovini to’lash muddatini bir yilga kechiktirish, kechiktirilgan summani imtiyozli davr tugagandan keyin teng ulushlarda 12 oy davomida to’lash huquqi berildi. Ilgari mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to’lash bo’yicha berilgan soliq imtiyozlari yagona soliq to’lovini to’lash chog’ida saqlab qolindi. Yagona soliq to’lovini to’laydigan mikrofirma va kichik korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer maydonlari uchun byudjetga ijara haqi to’lashdan ozod qilindi. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishida, avvalo, mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari yetarli darajada rag’batlantiruvchi rol o’ynayotganligi hisoblanadi. Jumladan, bu borada 2009 yilda kichik sanoat korxonalari uchun yagona soliq to’lovi 8 dan 7 foizga pasaytirildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori o’rtacha 1,3 barobar kamaytirildi (6.6.1-rasm). Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling