Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

ASS = STO * A / 100;
bu yerda, ASS – aksiz solig’i summasi, so’m.
STO – soliqka tortiladigan aylanma, so’m.
A – soliq stavkasi,%.
Agar tovarlar boshqa mamlakatlardan tashib keltirilsa va sotilsa, aksiz solig’i
summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
STO = F * A * 100 / (100 - A);
Bu yerda, STO – soliqka tortiladigan aylanma, so’m.
F – keltirilgan tovarlarning faktura qiymati, so’m.
A – soliq stavkasi, %.
Aksiz solig’i byudjetga ikki xil muddatda – har kuni va har o’n kunda
to’lanadi.
Birinchi usul vino-aroq mahsulotlarini sotuvchilarga tegishli. Bu usulda to’lov
tovarlarning haqiqiy aylanmasi amalga oshgandan so’ng uning uchinchi kunida
to’lanadi. Ikkinchi usulda aksiz osti tovarlari sotuvchi korxonalarning haqiqiy
aylanmasidan har o’n kun o’tishi bilan soliq to’lanadi, ya’ni:
- birinchi o’n kunlik uchun – shu oyning 13-sanasiga;
- ikkinchi o’n kunlik uchun – shu oyning 23-sanasiga;
- uchinchi o’n kunlik uchun – kelgusi oyning 3-sanasiga soliq to’laydi.
Aksiz solig’iga tortiladigan mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirma va kichik
korxonalar uchun yagona soliq to’lovini hisoblash chog’ida soliqqa tortiladigan
baza aksiz solig’i summasiga kamaytiriladigan tartib o’rnatildi. Yangi tashkil
etilayotgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to’lovini to’lash
muddatini bir yilga kechiktirish, kechiktirilgan summani imtiyozli davr tugagandan
keyin teng ulushlarda 12 oy davomida to’lash huquqi berildi. 
Ilgari mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to’lash bo’yicha
berilgan soliq imtiyozlari yagona soliq to’lovini to’lash chog’ida saqlab qolindi.
Yagona soliq to’lovini to’laydigan mikrofirma va kichik korxonalar qonun
hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer maydonlari uchun byudjetga ijara haqi
to’lashdan ozod qilindi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal
rivojlanishida, avvalo, mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari yetarli
darajada rag’batlantiruvchi rol o’ynayotganligi hisoblanadi. Jumladan, bu borada
2009 yilda kichik sanoat korxonalari uchun yagona soliq to’lovi 8 dan 7 foizga


pasaytirildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori
o’rtacha 1,3 barobar kamaytirildi (6.6.1-rasm). 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling