Tadbirkorlik pdf


-rasm. Xarajatlarning turkumlanishi


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

7.1.1-rasm. Xarajatlarning turkumlanishi
Ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan korxonaning o’ziga tegishli
resurslar sarfi (masalan, fermer xo’jaligida asosiy vositalar eskirishi, xo’jalikning
o’zida ishlab chiqarilgan yem-xashak, organik o’g’itlar, asosiy podaga
o’tkazilayotgan yosh chorva mollari va boshqalar) darxonaning ichki xarajatlarini,
tashqi mol yetkazib beruvchilar va boshqa subyektlardan sotib olingan resurslar
uchun to’lovlar korxonaning tashqi xarajatlarini tashkil qiladi.
Qisqa muddatli davrada mahsulot hajmining o’sishiga nisbatan doimiy (G’S)
Харажатлар
Туркумлаш 
мезонлари
Корхонанинг 
умумий хўжалик-
молиявий фаолияти 
натижасида юзага 
келадиган
Махсулот 
таннархига 
олиб 
борилиши 
жиҳатидан
Ишлаб 
чиқариш 
хажмининг 
ўзгаришига 
нисбатан
Ишлаб 
чиқариш 
ресурс-
ларининг 
манбаига
кўра
Ишлаб 
чиқариш 
жараёнидаг
и 
иштирокига 
кўра
Ишлаб 
чиқариш 
харажатлари
Ички 
харажатлари
Ўзгарувчи 
харажатлари
Бевосита 
харажатлар
Маҳсулот таннархига 
киритиладиган 
харажатлар
Ноишлаб 
чиқариш 
харажатлари
Ташқи 
харажатлар
Доимий 
харажатлар
Билвосита 
харажатлар
Давр харажатлар
Молиявий фаолият 
бўйича харажатлар


va o’zgaruvchi (US) xarajatlar farq qiladi.
Doimiy xarajatlar mahsulot hajmining o’zgarishiga bog’liq bo’lmay,
korxonaning ma’lum bir vaqt oralig’ida sarflashi qat’iy belgilab qo’yilgan
o’zgarmas xarajatlarini ifoda etadi. Bunga asosiy vositalarning amortizasiyasi,
boshqaruv xodimlarining ish haqi, sug’urta to’lovlari, telefon uchun abonentlik
to’lovi va ijara to’lovlarini misol qilib keltirish mumkin. Doimiy xarajatlarining
o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, mahsulot hajmining oshib borishi bilan bir
birlik mahsulotga to’g’ri keluvchi o’rtacha doimiy xarajatlar kamayib boradi.
O’zgaruvchi xarajatlar miqdori mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’sishi
yoki kamayishiga qarab o’zgarib turadi, ya’ni mahsulot hajmi o’zgarishiga
mutanosib bo’ladi. O’zgaruvchan xarajatlar tarkibiga ishchilarning ish haqi va
unga nisbatan ajratmalar, xomashyo, yonilg’i-moylash materiallari, yoqilg’i va
energiya, transport xarajatlari va boshqa vositalar farqi kiradi. O’zgaruvchan
xarajatlarining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, mahsulot hajmining oshib
borishi bir birlik mahsulotga to’g’ri keluvchi o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlarning
o’zgarishiga uncha ta’sir ko’rsatmaydi.
Doimiy va o’zgaruvchi xarajatlar yig’indisi korxonaning umumiy
xarajatlarini (TS=G’S+US) tashkil qiladi. Bundan tashqari mahsulot ishlab
chiqarishning (Q) bir birligiga sarflangan o’rtacha umumiy xarajatlar tushunchasi
ham mavjud. Umumiy xarajatlar summasini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga
bo’lish orqali topish mumkin.
Ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida, moddiy resurslar va asosiy
vositalar to’la bandlik darajasiga erishmagan davrda, o’rtacha doimiy xarajatlar
qiymati yuqori bo’ladi va ishlab chiqarish hajmining oshib borishi bilan u kamayib
borish xususiyatiga ega. O’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar ishlab chiqarish hajmi
optimal chegaraga yetguncha kamayib boradi, ammo undan keyin ishlab
chiqarishga jalb etilgan ortiqcha resurslar samarasiz bo’lishi tufayli, o’rtacha
o’zgaruvchi xarajatlar ortib boradi.
Keyingi har bir qo’shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarishga
sarflanadigan xarajatlar chegaraviy xarajatlar deb yuritiladi. Uni umumiy xarajatlar
summasining o’sgan qismini mahsulot hajmining o’sgan qismiga bo’lish orqali
topish mumkin. Chegaraviy xarajatlar ishlab chiqarilayotgan har bir qo’shimcha
mahsulot birligi korxonaga qanchaga tushishini ko’rsatadi. Bir birlik mahsulot
ishlab chiqarishga ketadigan moddiy, mehnat va boshqa xarajatlar sarfi
optimallashib borgan sari chegaraviy xarajatlar kamayib boradi. Ammo,
korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish imkoniyatlari to’liq
bandlikka erishgach, keyingi birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari borgan
sari qimmatlashib boradi.
Natijada yuzaga keladigan xarajatlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan
"Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom"ga muvofiq
quyidagicha turkumlanadi:
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarx hosil qiluvchi xarajatlar:
- ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari;


- ishlab chiqarish xususiyatiga ega;
- ishlab chiqarishga tegishli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar
amortizasiyasi;
- ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boshqa xarajatlar.
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatidan
olingan foydani aniqlashda hisobga olinadigan davr xarajatlari:
- mahsulotni sotish xarajatlari;
- boshqaruv xarajatlari;
- boshqa operasion xarajatlar.
3. Korxonaning umumxo’jalik faoliyatidan olingan foydasini aniqlashda
hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar:
- foizlar bo’yicha to’lovlar;
- mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga (lizingga) olish to’lovlari;
- xorijiy valyuta bilan operasiya bo’yicha salbiy kurs tafovutlari;
- qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash;
- moliyaviy faoliyatga oid boshqa xarajatlar.
4. Korxonaning odatdagi faoliyatiga mos kelmaydigan, bir necha yillar
davomida takrorlanib turmaydigan va kichik tadbirkorlik korxonasi boshlig’ining
(mulk egasining) qabul qilgan boshqaruv qarorlariga bog’liq bo’lmagan holda
vujudga keladigan voqyea va hodisalar (suv toshqini, yong’in, jala, do’l kabi tabiiy
ofatlar va mamlakat qonunchiligida o’zgarish) natijasida ko’rilgan favqulodda
zararlar.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling