Tadbirkorlik pdf
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- MT = MX+IX+ST+A+BIX / M
7.2.1-jadval
Mahsulot tannarxining bevosita va bilvosita xarajatlari tarkibi Xarajat moddalari Mahsulot tannarxiga olib borilishi jihatidan bevosita bilvosita (ustama) Xomashyo va asosiy materiallar (qayta kirim qilingan chiqitlardan tashqari) + Sotib olingan butlovchi qismlar va yarim fabrikatlar + Ishlab chiqarish xarakteridagi ish va xizmatlar + Texnologik maqsadlar uchun ishlatilgan yoqilg’i energiya + Ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to’lash xarajatlari + Ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar + Moddiy qiymatliklar kamomadi va mahsulotlarning buzilishidan ko’rilgan zararlar + Asosiy vositalar amortizasiyasi + Ishlab chiqarishga oid boshqa xarajatlar + Mahsulot tannarxi bir turdagi mahsulotni bevosita va bilvosita ishlab chiqarish xarajatlarini shu mahsulot miqdoriga bo’lish orqali topiladi: MT = MX+IX+ST+A+BIX / M Bu yerda: MT - mahsulot tannarxi, so’m / dona, so’m / kg va boshqa; MX - ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari, so’m; IX - ishlab chiqarish xususiyatidagi mehnatga haq to’lash xarajatlari, so’m; ST - ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta to’lovlari, so’m; A - asosiy vositalar amortizasiyasi, so’m; BIX - boshqa ishlab chiqarish xarajatlari, so’m; M - mahsulot miqdori, sentner, dona, kg, tonna va hakozo. Korxonada rejadagi (biznes-rejada belgilangan) va haqiqiy (hisobot bo’yicha haqiqatda erishilgan) tannarx hisoblab borilishi mumkin. Bu rejalashtirilgan ishlab chiqarish xarajatlarini haqiqatda erishilgan daraja bilan solishtirish, ortiqcha moddiy va mehnat resurslari sarflariga yo’l qo’yilgan yoki tejamga erishilganini aniqlash va kelgusida tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Rejadagi tannarx korxonaning mavjud texnik, texnologik va kadrlar salohiyati doirasida mahsulot ishlab chiqarishga sarflanishi ehtimoli bo’lgan xarajatlarning kutilayotgan maksimal darajasini aks ettiradi. Rejadagi tannarx moddiy resurslarni sarflash me’yorlari asosida xisoblanadi. Haqiqiy tannarx korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonini haqiqatda sarflangan bevosita ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi. Haqiqiy tannarx rejadagi tannarxdan farq qilishi mumkin. Agar u rejadagi tannarxdan yuqori bo’lsa, ishlab chiqarish samardorligining pasayishidan past bo’lsa, kapital, mehnat va moddiy resurslardan oqilona foydalanish natijalarini aks ettiradi. Mahsulot tannarxini hisoblashda faqat shu mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar hisobga olinadi. Mahsulotni sotish va ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog’liq umumkorxona xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmay davr xarajatlariga hisobiga kiritiladi. Mahsulot tannarxini aniqlashda hisoblash obyektlarini bilish muximdir. Unga qilingan xarajatlarni alohida hisobga olish mumkin bo’lmaganligidan, umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash obyektlari bo’yicha to’g’ri taqsimlash muximdir. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan ishlab iqarish xarajatlari xarajat Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling