Tadbirkorlik pdf


"Texnologik massadlar uchun ishlatilgan yoqilg’i va energiya"


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

"Texnologik massadlar uchun ishlatilgan yoqilg’i va energiya" moddasida
texnologik maqsadlar, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarish, binolarni
isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari,
korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo’jalik
ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya aks ettiriladi.
"Ishlab chiqarishga tegishli mehnatga haq to’lash xarajatlari"ga
korxonada qabul qilingan mehnatga haq to’lash shakl va usullariga muvofiq
qo’llaniladigan tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan:
- ishlab chiqarish xususiyatidagi amalda bajarilgan ish uchun hisoblangan
ish haqi, shu jumladan, bajarilgan ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki hujjatlarda
nazarda tutilgan rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar;
- kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalari va okladlarga
ustamalar;
- ish tartibi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq kompensasiya tusidagi
to’lovlar, shu jumladan, tungi smenada. Ishdan tashqari vaqtda, dam olish va
bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga
ustamalar va qo’shimcha haq;
- ko’p smenali tartibda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib borganlik va
xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
- hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir,
zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun
ustamalar, shu jumladan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;
- qo’rilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashda bevosita band
bo’lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan
ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko’chma va qatnov xususiyati uchun


ustama;
- mehnatga haq to’lashning rayonlar bo’yicha tartibga solinishi, shu
jumladan, rayon koeffisentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho’l,
suvsiz va yuqori tog’ joylarida ishlaganlik uchun koeffisentlar bilan belgilagan
to’lovlar;
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (yillik) va qo’shimcha
ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qo’shimcha ta’tillar uchun
kompensasiyalar, o’smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun
onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy ko’riklardan o’tish bilan bog’liq vaqt
uchun haq to’lash;
- majburiy ta’tildagi xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan
holda haq to’lash;
- davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig’inlar, favqulodda
vaziyatlar bo’yicha yig’inlar va boshqalar) mehnat haqi to’lash;
- korxona shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan
fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo’yicha ishlar bajarilganligi
uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob
korxonaning o’zi tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi ham shu jumlaga
kiradi;
- belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi
xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan to’lovlarning boshqa turlari.
"Ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari" moddasida
qonun hujjatlari bilan belgilangan me’yorlar bo’yicha mehnatga haq to’lash
fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya jamg’armalariga,
ixtiyoriy tibbiy sug’urta va ixtiyoriy sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar aks
ettiriladi.
"Asosiy vositalar amortizasiyasi"ga asosiy ishlab chiqarish fondlari va
nomoddiy aktivlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar bo’yicha
dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizasiya ajratmalar
summasi (lizing bo’yicha va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan
jadallashtirilgan amortizasiya ham) kiradi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling