Tadbirkorlik pdf
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va muhokama uchun savollar
Qisqa xulosalar
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining asosiy faoliyati banklar bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular olib borayotgan faoliyat – xomashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, ko’rsatiladigan xizmatlarga haq to’lash, ishlovchilarni ish haqi bilan ta’minlash, turli toifadagi korxonalar, firmalar va boshqa yuridik shaxslar bilan bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni olingan daromaddan soliq to’lash, transport, kommunal xizmatlari uchun barcha turdagi to’lovlar, shuningdek olinadigan kreditlar va boshqa hisob-kitoblar banklar orqali amalga oshiriladi. Bank operasiyalari aktiv va passiv operasiyalardan iborat bo’ladi. Passiv oprerasiyalar pul mablag’larini ma’lum bir yo’nalishga safarbar etishga qaratilgan bo’ladi. Aktiv operasiyalar turli xarakterdagi kreditlar berish bilan bog’liqdir. Soliqlar qonun bilan belgilangan, byudjetga majburiy to’lanadigan pul to’lovlaridir. Soliqlar, avvalo, davlatning vazi-falarini moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash zaruratidan kelib chiqadi. O’zbekiston Respublikasida umumdavlat va mahalliy soliqlar amal qiladi. 2005 yilning 1 iyulidan boshlab, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq tizimi joriy etilgan. Tadbirkorlikning iqtisodiy faoliyat yuritishlari, moliyaviy va buxgalteriya hisob-kitoblarini to’g’ri amalga oshirishlarida auditorlik xizmati muhim o’rin tutadi. Auditning asosiy maqsadi – korxonalarning moliyaviy va xo’jalik operasiyalari to’g’riligi va O’zbekiston qonunchiligiga mosligini aniqlashdan iborat. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Bankning passiv va aktiv operasiyalarining mohiyati nimada? 2. Bankda kredit berish tartidi qanday tashkil etilgan? 3. Banklar bilan tadbirkorlar o’rtasida bajariladigan ope-rasiyalarda o’zaro munosabatlar qanday tashkil etiladi? 4. Banklar bilan tadbirkorlar o’rtasidagi valyuta operasiyalari qanday bajariladi? 5. Tadbirkorlik faoliyatida soliq solish tartibini izohlab bering. 6. Soliq solish obyekti va bazasi nima? 7. Soliq stavkalarining tarkibi qanday tuzilgan? 8. Aksiz solig’i nima? Uning amal qilish tartibi qanday? 9. Auditning asosiy maqsadi nimalardan iborat? 10. Auditorlarning huquq va burchlari nimalardan iborat? 11. Kichik biznes faoliyatida axborotning mohiyati va ahamiyati nimada? 12. Biznesda axborot turlari va ularning tutgan o’rni qanday? 13. Axborot almashinuvining asosiy elementlari nimalardan iborat? 14. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda axborotlar tizimidan qanday foydalanadilar? Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling