Tadbirkorlik pdf


Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarida audit


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

6.7. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarida audit 
va auditorlik taftishini o’tkazish
Tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyat yuritishlarida moliyaviy va buxgalteriya
hisob-kitoblarini to’g’ri amalga oshirishlarida auditorlik firmalari ham muhim rol
o’ynaydi. Auditorlik firmalari bozor infratuzilmasining eng muhim elementlaridan
biri bo’lib, mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish
maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradi.
O’zbekistonda audit O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati
to’g’risida»gi qonuni asosida amalga oshiriladi. 
Audit xo’jalik yurituvchi subyektlarni mustaqil ekspertiza va moliyaviy
hisobotini tahlil yetuvchi tashkilotdir. Buni shunga vakil qilingan shaxslar –
auditorlar (auditorlik firmalari) bajaradilar.
Auditning asosiy maqsadi – moliyaviy va xo’jalik operasiyalarining to’g’riligi
va ularning O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va boshqa me’yoriy hujjatlariga
nechog’lik mosligini aniqlash, bularning to’la-to’kisligi, aniq - ravshanligi,
buxgalteriya hisobi yoki boshqa moliyaviy hisob yuritishga qo’llanilayotgan
talablarga nechog’lik monandligini aniqlashdan iboratdir. Audit tarkibiga yana
konsalting, ya’ni mijoz bilan shartnoma tuzib, xizmatlar ko’rsatish ham kiradi.
Auditorlik faoliyati xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati ustidan
maxsus vakolat olgan davlat idoralarining nazorati o’rnini bosmaydi. Auditning
asosiy «harakatlanuvchi shaxsi» auditor va auditorlik firmasidir. Auditor
belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqini olgan hamda


auditorlik kasbi ro’yxatiga kiritilgan mutaxassisdir. Auditorlik firmasi – yuridik va
jismoniy shaxs tomonidan tuzilib, belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgach,
ustaviga ko’ra auditorlik xizmati ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi tashkilot.
Auditorlik firmalari kichik korxonalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va
boshqa korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllarida ochilishi mumkin, ochiq
turdagi aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno.
Quyidagilarga auditorlik tekshiruvini o’tkazish ta’qiqlanadi:
- tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subyektning rahbarlari va boshqa
mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh bo’lgan shaxs;
- tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subyektda shaxsiy-mulkiy manfaatlari
bo’lgan shaxs;
- xo’jalik yurituvchi subyektning rahbarlari, muassasalari yoki mulkdorlari;
- tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subyekt yoki uning filiallari xodimi;
- davlat xokimiyati va boshqaruvi idoralarining mansabdor shaxslari;
- kreditorlar, investorlar va boshqa manfaatdor shaxslar.
Auditorlar va auditorlik firmalari davlat ro’yxatidan o’tib, lisenziya
olganlaridan keyin faoliyat boshlaydi.
Auditorlar va auditorlik firmalari qonunda belgilab qo’yilgan tartibda
O’zbekiston Respublikasining Adliya Vazirligida Davlat ro’yxatidan o’tadi.
Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun lisenziya davlat
ro’yxatidan o’tgandan keyin beriladi. Ularni berish tartibini O’zbekiston
Respublikasining Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Auditorlar (auditorlik firmasi) quyidagi huquqlarga ega:
- xo’jalik yurituvchi subyektning hisobotini audit qilish va tuzilgan
shartnomaga binoan konsalting xizmati ko’rsatish;
- O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonuni va
boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga binoan tekshiruvning shakl va usullarini
mustaqil belgilash;
- tekshirilayotgan obyektda ham, uchinchi shaxslar qo’lida ham bo’lgan,
tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subyektlarning mulkiy holati va faoliyatiga
daxldor hujjatlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lish;
- o’tkazilayotgan tekshirish yoki ko’rsatilayotgan auditorlik xizmati
munosabati bilan tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarlari va boshqa
xodimlaridan, shuningdek uchinchi shaxslardan og’zaki yoki yozma tarzda zarur
izohlar olish;
- lisenziyadan mahrum etish haqida qaror qabul qilinganida sudga ariza bilan
murojaat etish va hokazo.
Auditor (auditorlar firmasi)ning burchlari:
- auditor tekshiruvini sifatli, mukammal o’tkazish, tekshiruvlar o’tkazish bilan
aloqador boshqa auditorlik xizmati ko’rsatish;
- tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga tekshiruv vaqtida
aniqlangan qonunchilikning buzilish hollari va buxgalteriya hisoboti yuritish
hamda moliyaviy hisobotni tuzishga qo’yilgan talablarning buzilish dalillari haqida
ma’lumot berish;


- o’z vazifalarini bajarish chog’ida ma’lumotlarni sir saqlash. Mijozga zarar
yetkazadigan ma’lumotlar faqat sudning talabi bilan oshkor qilinishi mumkin;
- uzrli sabablar bo’lmasa, o’z faoliyatini to’xtatmaslik, uni oxiriga yetkazish
va xulosa chiqarish;
- mabodo ishi va xulosalarida xolis va obyektiv bo’lishning imkoni bo’lmay
qolsa, o’z faoliyatini to’xtatish.
Auditorni mijoz bilan shartnoma tuzgan auditorlik firmasi xo’jalik yurituvchi
subyekt mulkdorlari bilan kelishilgan holda tayinlaydi.
Xo’jalik yuirtuvchi subyekt mulkdorlari qarori bilan yoki audi-torni
tayinlagan yuridik shaxsning qaroriga ko’ra, auditor chaqirib olinishi mumkin,
auditor bu haqda barvaqt yozma tarzda, uning xizmatidan voz kechish sabablarini
ko’rsatib xabardor qilinadi.
Tekshiruv vaqtida yoki buyurtmaga ko’ra, boshqa ishlar qilinayotganida
xizmatdan voz kechilsa, xo’jalik yurituvchi mulkdor auditor xizmatiga haq to’lashi
shart.
Surishtiruv organi, proquror, tergovchi va sud topshirig’i bilan auditorlik
tekshiruvi o’tkazilsa, xarajatlar tekshirilayotgan xo’jalik subyekti zimmasiga
tushadi, uning qo’lida yetarli mablag’ bo’lmasa, tekshiruvni tayinlagan organ
zimmasiga tushadi.
Agar xo’jalik yurituvchi subyekt qo’lida zarur mablag’ bo’lsa-yu, tekshiruv
xarajatlarini to’lashdan bo’yin tovlasa, prokuror auditor yoki auditorlik firmasining
mulkiy manfaatlarini himoya qilib tegishli sudga murojaat qilishi shart.
Xo’jalik yuritish subyektining rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari
auditorning talabi bilan quyidagilarni bajarishi shart:
- moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga daxldor hujjatlarni berishi;
- og’zaki yoki yozma tarzda izohlar berishi
- tekshirilayotgan obyektning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini sifatli ekspertiza
qilish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishi.
«Auditorlik faoliyati haqida»gi qonun va boshqa qonun hujjatlarining
qoidalarini auditorlik tekshiruvi vaqtida buzganlik uchun auditor va auditorlik
firmasi javobgar hisoblanadi va quyidagi javobgarlikka tortiladi:
- O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan mulkiy va ma’muriy
javobgarlikka;
- lisenziya huquqini to’xtatib qo’yish yoki auditorlik faoliyati bilan
shug’ullanish huquqini beradigan lisenziyadan mahrum etishgacha (lisenziya
bergan organ qaroriga muvofiq) bo’lgan intizomiy jazolar beriladi.
Auditor faoliyatini tartibga solib turish uchun qonunchilikda auditorlar
palatasini ochish nazarda tutilgan.
O’zbekistondagi aksariyat auditorlik firmalarini auditorlarning o’zlari
tashbbuskor bo’lib tuzgan, ammo mustaqil audit o’tkazish uchun ularning soni
yetarli emas. Bu muammoni hal etish uchun Davlat mulk qo’mitasi tashabbusi
bilan 1996 yilning may oyida qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilariga
maslahat-auditorlik va axborot xizmati ko’rsatish uchun maxsus agentlik –
«Konsauditinform» tashkil etildi.
Hozirgi kunda qo’shma korxonalar auditi, hissadorlik jamiyatlari auditi,


investisiya fondlarining auditi va sug’urta kompaniyalarining auditi shakllandi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling