Tadbirkorlik pdf


Tannarxni hisoblash obyektlari aniqlanadi


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Tannarxni hisoblash obyektlari aniqlanadi
Mahsulot turlari bo’yicha ishlab chiqarish hajmi hisoblab chiqiladi
Asosiy vositlarni saqlash xarajatlari tegishli obyektlar bo’yicha taqsimlanadi
Ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalar mahsuloti (ishi, xizmati)
tannarxi aniqlanadi
Sug’orish va yerni quritish xarajatlari taqsimlanadi
Hisobga olish obyektlari bo’yicha jami ishlab chiqarish xarajatlari aniqlanadi
O’simlikchilik mahsulotlari tannarxi hisoblanadi


Chorvachilik mahsulotlari tannarxi hisoblanadi
Chorvamollari tirik vazni va uni o’sishi tannarxi hisoblanadi
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi yordamchi ishlab chiqarish
mahsulotlari tannarxi hisoblanadi
7.2.3-rasm. Mahsulot tannarxini hisoblash ketma-ketligi
Har bir korxona uchun mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini izlab
topish iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi. Chunki,
mahsulot tannarxi qanchalik arzon bo’lsa, shunchalik korxona oladigan foyda
miqdori oshib boradi.
Keyingi yillarda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan resurslar
hamda xizmat ko’rsatish korxonalari ish va xizmatlari narxlarining tez sur’atlar
bilan oshib borganligi mahsulotlar tannarxining ham qimmatlashib ketishiga sabab
bo’lmoqda. Bu vaziyat aksariyat hollarda kichik tadbirkorlik korxonalari
yetishtirayotgan mahsulotlarni zarar bilan sotishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun
kuchli raqobatga asoslangan munosabatlari sharoitida kichik tadbirkorlik
korxonalari oldida mahsulot tannarxini har tomonlama pasaytirish yo’llarini izlab
topish vazifasi turadi.
Mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari quyidagilardan iborat bo’lishi
mumkin:
- ishlab chiqarishga yuqori unumli, ishonchli va arzon ishlab chiqarish
vositalarini joriy etish;
- asosiy aylanma fondlardan oqilona va samarali foydalanish;
- ishlab chiqarishning material sig’imini kamaytirish va tejamkorlikka
erishish;
- mashina va texnikalarning kunlik va yillik ish unumini ko’tarish;
- resurslarni tejovchi va chiqitsiz texnologiyalardan keng foydalanish;
- ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning ilg’or shakllaridan
foydalanish;
- mehnat unumdorligini oshirish;
- mahsulotlar sifatini oshirish va nobudgarchilik, yo’qotishlarga yo’l
qo’ymaslik;
- qishloq xo’jaligida ekinlar hosildorligi va chorva mollari maxsuldorligin
oshirish va boshqalar.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling