Tadbirkorlik pdf
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iste’molchi krediti
- Davlat krediti
Bank krediti. Bank va boshqa kredit tashkilotlari pulni uning sohiblariga foiz
to’lash sharti bilan o’z qo’lida jamlaydilar va o’z nomidan qarzga berib, foiz oladilar. Bunda uch subyekt: - pul egasi; - kredit tashkiloti; - qarz oluvchining kredit aloqasi paydo bo’ladi. Banklar orasida tijorat banklari markaziy bo’g’in hisoblanadi. O’zbek࠸ston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati» to’g’risidagi Qonuniga ko’ra, tijorat banklari aksiyali, pay asosida tashkil topgan va xususiy bo’ladiki, ular «kredit hisob-kitob va o’zga xil bank xizmati»ni ko’rsatadilar. Banklar qarzni ishonchli, pulni samarali ishlatishga qodir xo’jalik subyektlariga qarz beradilar. Ular, o’z navbatida, bu pulni investisiya uchun sarflab, iqtisodiyotni o’stirishga erishadilar. Bank ishonchli mijozlarni tanlagan holda, qarzni ularning mol-mulki yoxud boshqa boyligi garovga qo’yilgan sharoitda beradi. Masalan, bank fermerga 15000 dollar qarz bersa, uning garovga qo’yilgan mulki qiymati shu summadan kam bo’lmasligi kerak. Iste’molchi krediti. Tijorat banklari tadbirkorlik uchun firmalarga, iste’molchilarga tovar sotib olish uchun qarz beradi. Buning natijasida iste’molchi krediti paydo bo’ladi. Masalan, AKShda banklar iste’molchilarga kredit kartochkalari beradi, ularga narxi 2500 dollarga qadar tovarlar xarid etiladi, xarid puli banklar va do’konlar bergan schyotga qarab to’lanadi. Bunday kredit g’oyat imtiyozli bo’ladi, uning foizi boshqacha qarz foizidan kam bo’ladi, hatto foizsiz ham bo’lishi mumkin. Iste’molchi krediti aholining iste’mol ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan. U tovar va pul shaklida bo’lishi mumkin. Xususan, yakka tartibda uy-joy qurish maqsadlariga beriladigan uzoq muddatli kreditlar – pul shaklidagi iste’molchi kreditlaridir. Davlat krediti. Banklar davlatga ham qarz beradi. Shu bilan birga undan qarz ham oladi. Bunda davlat krediti paydo bo’ladi. Qarz va uning foizi byudjet hisobidan qaytariladi. Davlat krediti sharoitida qarz beruvchilar kamdan-kam hollarda banklar bo’ladi. Ko’pincha bu vazifani aholi, firma, korxona va tashkilotlar bajaradi. Davlat qarzni turli shaklda, avvalo, davlat zayomlari shaklida oladi. Zayom davlatning qarzdorlik guvohnomasi bo’lib, u qarzni vaqti kelganda qaytarib olish va foiz to’lashni kafolatlaydi. Zayomlarni markaziy va mahalliy hokimiyatlar chiqaradi. Zayomlar qarz haqi to’lash jihatdan foiz to’lanadigan, yutuq chiqadigan, ham yutuq, ham foiz beriladigan va ba’zan, foizsiz ham bo’ladi. Kredit munosabatlarida davlat faqat qarzdor vazifasini o’tamay, qarz beruvchi rolini ham bajaradi. Davlat o’z mablag’lari hisobiga bankda qarz fondini tashkil etadi, xazinadan qarz ham beradi. Xazina qarzi davlat byudjetidan korxona, firma va tashkilotlarga ularning moliyaviy sanasiyasi uchun sarflanadi. Mazkur qarz ham ma’lum muddatga, qaytarib berish va foiz to’lash sharti bilan beriladi. Ammo foiz g’oyat imtiyozli bo’ladi va daromad olishni ko’zlamaydi. Davlat o’z qarzidan voz kechishi ham mumkin. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling