Tadbirkorlik pdf
Mahsulotning sotilishidan tushgan tushum
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning yalpi daromadi
Mahsulotning sotilishidan tushgan tushum – korxona tomonidan ishlab
chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan pul mablag’larining hajmi. Bu korxona xarajatlarini qoplash va daromadlarni shakllantirish mablag’larining asosiy manbaidir. Asosiy mahsulotni sotishdan tushgan tushumdan tashqari, korxona boshqa sotishlardan hamda sotishdan tashqari operasiyalardan tushumlar olishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati jarayonida moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni aks ettiruvchi foyda korxona faoliyatining eng muhim umumlashtirilgan ko’rsatkichi hisoblanadi. Tadbirkor hamma vaqt foyda olishni maqsad qilib qo’yadi, ammo hamma vaqt ham foyda ololmaydi. Agar tushum tannarxga teng bo’lsa, unda faqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining o’rnini qoplashga erishiladi. Tushumdan oshib ketuvchi xarajatlarda korxona salbiy moliyaviy natija ko’radi, bu uni murakkab moliyaviy ahvolga solib qo’yadi, bankrotlik ham istisno emas. Mahsulotlarni sotishdan olingan foyda (zarar) qo’shimcha qiymat solig’i va aksizsiz mahsulot sotishdan tushgan tushum va mahsulotlarning tannarxiga kiritilgan ishlab chiqarish va sotish xarajatlari o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Keltirilgan ta’rifdan foyda korxonaning o’z mahsulotlari (ishlari, xizmatlari)ni talab va taklif asosida vujudga kelgan narxlar bo’yicha sotishdan hosil bo’lgan yalpi daromad hajmiga bog’liqligi ma’lum bo’ladi. Korxonaning yalpi daromadi – mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumdan moddiy xarajatlarni chiqarib tashlagandan keyin ish haqi va foydani o’z ichiga oluvchi korxona sof mahsulotlaridan iboratdir. Bozor munosabatlari sharoitida korxona eng katta foyda olishga erisha olmasa, tovarlarni sotish va xizmatlar ko’rsatish bozorida o’z mavqyeini mustahkam ushlab turish, raqobat sharoitida o’z ishlab chiqarishini dinamik rivojlanishini ta’minlashga imkon beruvchi foyda hajmini olishga harakat qilishi kerak. Umumxo’jalik faoliyatidan olinadigan foyda (zarar) quyidagi algebraik summa tarzida hisoblanadi: asosiy faoliyatdan foyda plyus dividendlar va foizlar bo’yicha daromadlar plyus yoki minus investisiyalar va qimmatbaho qog’ozlarni qayta baholashdan keladigan daromadlar (zararlar) va minus foizlar bo’yicha xarajatlar plyus yoki minus boshqa moliyaviy faoliyatdan daromadlar (zararlar). Soliq to’langunga qadar foyda umumxo’jalik faoliyatidan foyda va favqulodda foydalar va zararlar saldosining algebraik summasi sifatida aniqlanadi. Soliq to’langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda daromad soliqlarini chiqarib tashlash bilan soliqlar to’langunga qadar foyda va minus hali hyech qayerda hisobga olinmagan boshqa soliq va to’lovlardan iborat bo’ladi. Quyidagi 8.4.3-jadvalda korxona foyda olishining tahlili berilgan. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling