Tadbirkorlik pdf
Kichik korxonalarning xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
Kichik korxonalarning xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi
ko’rsatkichlar. Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish korxona faoliyatining oxirgi natijasi hisoblanadi. Kichik korxonalar uchun sotilgan (xaridorlarga ortib jo’natilgan va ular tomonidan haq to’langan) mahsulot hajmi pul tushumini ta’minlash, ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa zaruriy sarflarning o’rnini qoplashga imkon beradi. Bundan tashqari, pul tushumining tarkibida foyda ham mavjud bo’ladi. Undan korxona tomonidan ishlab chiqarishni kengaytirish, moddiy rag’batlantirish fondlarini yaratish, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun foydalaniladi. Iste’molchi mahsulot sotilishi natijasida ishlab chiqarish vositalari yoki iste’mol mollari ko’rinishidagi zaruriy mahsulotni oladi. Korxonalar mahsulotlarini sotishda ayrim kamchiliklarga ham yo’l qo’yadi. Xususan, ayrim hollarda sotish rejasini oshirib bajarish bilan birga mahsulotlarning ayrim turlarini xaridorlarga belgilangan muddatlarda yetkazib berish rejasi bajarilmaganlik hollari uchraydi. Bu korxonaning o’ziga (u penyalar va jarimalar to’laydi) va xaridorga zarar keltiradi. Shuning uchun sotish rejasining bajarilishi mahsulot yetkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini hisobga olish bilan tahlil qilinadi. Bunda bitta xaridorga yetkazib berish rejasining oshirib bajarilishi boshqa xaridorlarga yetkazib berish rejasining bajarilmaganligiga sabab bo’lganligi hisobga olinadi. Shuning uchun shartnoma majburiyatlari rejasini bajarilishi 100 %dan oshib ketmasligi kerak. Sotish hajmi tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va uni o’z vaqtida sotishga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Tovar mahsuloti mahsulotni sotish ko’rsatkichlarida sotilmagan mahsulotlarning o’zgaruvchan qoldiqlarining o’zgarishi bilan aks ettiriladi. Mahsulotlar sotilishining bir maromdaligini ta’minlash uchun korxonalar tayyor mahsulotlarning zarur hajmiga ega bo’lishi kerak. Ammo amaliyotda sotilmagan mahsulotlarning haqiqiy qoldiqlari me’yoriy qoldiqlardan ancha oshib ketish hollari ham uchraydi. Bu hisobot davrida mahsulotning sotilish hajmi ancha kamayishiga olib keladi. Mahsulot sifatining yetarlicha yuqori bo’lmasligi, mahsulotlarni bir maromda ishlab chiqarilmasligi, korxona mahsulotlarni ortib jo’natish uchun transport bilan yetarlicha ta’minlanmaganligi va boshqalar bunday vaziyatning sabablari hisoblanadi. Mahsulotni sotish aniq iste’molchi tomonidan buyumlarning ayrim turlari ko’rinishida amalga oshiriladi. Yetkazib beruvchilar va xaridorlar mahsulot yetkazib berish to’g’risida shartnoma tuzadilar. Unda buyumlarning ro’yxati, miqdori, yetkazib berish muddatlari va boshqa shartlar ko’zda tutiladi. Ularning bajarilishi tahlili 8.4.1-jadvalda keltirilgan. Jadvaldan ko’rinishicha, sotilgan mahsulotlarning hajmi rejaga nisbatan 71 ming so’mga yoki 0,5% ga oshgan. Bunga tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish rejasini 228 ming so’mga yoki 1,6% ga oshirib bajarilganligi sabab bo’lgan. Ammo tovar mahsulotlarining rejadan ortiq ishlab chiqarilishi to’liq sotilmagan. Sotilgan mahsulotlarning o’tuvchi qoldiqlari rejalashtirilganiga ko’ra 157 ming so’mga o’sgan, bu sotish hajmini shu summaga pasaytirgan. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling