Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

R
1
 = R / Fa , R
2
 = R / Fz ;
bu yerda, R – foyda; 
R1 , R2 – foyda me’yori (1- va 2-variantlar); 
Fa, Fz – avanslashgan fondlar va tannarx fondlari.
Aylanishlar soni p = Fz /Fa bo’lganligi uchun R
2
= R
1
x p.
Korxona rentabelligi me’yorini quyidagicha hisoblash mumkin:
R = P (U – S)*100 / (F

+ F
ob
);
Bu yerda, R – foyda;
P – mahsulot hajmi;
U – mahsulot birligi narxi;
S – mahsulotning tannarxi;
F
o
– acosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati; 
F
ob
– aylanma mablag’larning hajmi.
Korxonalar ish amaliyotida rentabellikning bir qator ko’rsatkichlari qo’llaniladi.
Mahsulotning rentabelligini sotilgan barcha mahsulotlar bo’yicha va uning alohida
turlari bo’yicha aniqlash mumkin. Birinchi holda u mahsulotni sotishdan olingan
foydaning uni ishlab chiqarish va sotish xarajatlariga nisbati sifatida aniqlanadi.
Sotilgan mahsulotlarning rentabelligi tovar mahsulotini sotishdan olingan foydaning
mahsulotni sotishdan tushgan tushumga nisbati sifatida; balans foydasining
mahsulotni sotishdan olingan foydaga nisbati bo’yicha; sof foydaning sotilgan
mahsulotdan tushgan tushumga nisbati bo’yicha hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish fondlarining rentabelliligi balans foydasining asosiy ishlab
chiqarish fondlari va moddiy aylanma mablag’larning o’rtacha yillik qiymatiga
nisbati sifatida hisoblanadi. Bu ko’rsatkichni sof foyda bo’yicha ham hisoblash
mumkin.
Korxona qo’yilmalarining rentabelliligi uning ixtiyoridagi mulkning qiymati
bo’yicha aniqlanadi. Hisoblashda balans va sof foyda ko’rsatkichlaridan
foydalaniladi. Mulkning qiymati buxgalteriya balansi bo’yicha aniqlanadi. Bu


ko’rsatkich korxona mulkining bir so’m qo’yilmalariga sotish darajasini ifodalaydi.
Korxona shaxsiy mablag’larining rentabelligi sof foydaning balans bo’yicha
belgilangan, uning shaxsiy mablag’lariga nisbati bilan aniqlanadi. 
Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarning rentabelligi qimmatbaho qog’ozlar
va boshqa korxonalarda ulushli ishtirok etishdan daromadlar miqdorining uzoq
muddatli moliyaviy qo’yilmalarning umumiy hajmiga nisbati sifatida
hisoblanadi. Quyidagi 8.4.4-jadvalda rentabellikning tahlili haqidagi ma’lumotlar
ko’rsatilgan.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling