Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

8.4.3-jadval
Asosiy faoliyatdan olinadigan foyda (zarar) va uning o’zgarishiga ta’sir
qiluvchi omillar tahlili (ming so’m)
Ko’rsatkichlar
Haqiqatda
Farqi
(+;-)
Foyda
hajmiga
ta’siri
O’tgan yil
uchun
Hisobot
yil uchun
Mahsulotni sotishdan olingan yalpi 
foyda
26399
26704
+305
+305
Davriy xarajatlar
10341
11553
+ 1212
-1212
Boshqa daromadlar
5452
6089
+637
+637
Boshqa zararlar
24310
25774
+ 1464
-1464
Asosiy faoliyatdan foyda (zarar)
-2400
-4534
2134
x
Jadval ma’lumotlariga ko’ra, korxonada asosiy faoliyat bo’yicha o’tgan yili
2400 ming so’m, hisobot yilida esa 4534 ming so’m zararga yo’l qo’yilgan, ya’ni
zararlarning o’sishi yiliga 2134 ming so’mni tashkil etgan. Bu zararlarga boshqa


xarajatlarning 1464 ming so’mga va davriy xarajatlarning 1212 ming so’mga
ko’payishi natijasida yo’l qo’yilgan. Shuning bilan birga sotishdan yalpi foydani
305 ming so’mga, boshqa daromadlarning 637 ming so’mga o’sishi hisobiga
korxona asosiy faoliyatidan 942 (305+637) ming so’m foyda olgan. Ammo
foydaning bu mikdori zararni qoplash uchun yetarli emas.
Korxona ish faoliyatining samaradorlik darajasini baholash uchun olingan
natija (yalpi daromad, foyda) xarajatlar yoki foydalanilgan resurslar bilan
taqqoslaniladi. Foyda va xarajatlarni tenglashtirish rentabellik yoki aniqrog’i
rentabellik me’yorini bildiradi.
Amaliyotda rentabellik me’yorini o’lchashning ikki variantidan foydalaniladi.
Bu foydaning korxonaning joriy sarf-xarajatlari (tannarx)ga yoki avanslashgan
qo’yilmalar (asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag’lar)ga nisbatidir.
Ikkala o’lchov varianti ham bir-biri bilan avanslashgan qo’yilmalar aylanmasi tezligi
ko’rsatkichi bilan bog’langan:

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling