Tadbirkorlik pdf
Tasodifiy foyda yoki daromadlar
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’mab. = BV – (M + Mmaj.o’s. – Mmaj.so’n.) – Ddeb.qarz. – Z;
- 8.2. Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash shakllari
Tasodifiy foyda yoki daromadlar – xo’jalik faoliyatini yuritish davomida
ko’zda tutilmagan tasodiflar, hodisalar, e’tiborga olinmagan jarayonlar va voqyealar tufayli vujudga keladigan daromadlardir. Bularga, asosiy faoliyat yuritish davomida ifodalangan hisobotlarda aks etgan boshqa daromadlar bo’limi moddasidagi daromadlar kiritilmaydi. Xo’jalik faoliyatini yuritish davomida korxonalar o’z mablag’lari darajasini aniqlashi va nazorat qilishi muhim o’rin tutadi. Chunki mulkiy javobgarlik, tuzilgan kontraktlar va shartnomalar asosida kelib chiqadigan o’zaro kelishmovchiliklar yoki muammolar mana shu mulkka bo’lgan egalik huquqlari bo’yicha kafolatlanadi. Mulkiy javobgarlik, mulk shaklidan qat’iy nazar faqat korxonaning o’z mablag’lariga quyilishi mumkin. O’z mablag’larning mikdori buxgalteriya balansi ma’lumotlariga asosan aniqlanadi. Mulk formalaridan qat’iy nazar, xo’jalik yurituvchi subyektlar hisobida bo’lgan o’z mablag’lari summasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: O’mab. = BV – (M + Mmaj.o’s. – Mmaj.so’n.) – Ddeb.qarz. – Z; Bunda: BV – balans valyutasi summasi; M – uzoq muddatli va qisqa muddatli majburiyatlar passivini ikkinchi va uchinchi bo’limlari; Mmaj.o’s. – majburiyatlarning o’sishi – oxirgi hisobot davri uchun balans ma’lumotlari bilan taqqoslaganda kontrakt imzolagan kunga qarz olingan va jalb qilingan mablag’lar; Mmaj.so’n. – kontraktni imzolash sanasi va oxirgi hisobot davri uchun balansni tuzish sanasi o’rtasidagi davrda majburiyatlarning so’nishi; Ddeb.qarz. – da’vo qilish muddati tugagan debitorlik qarzlari; Z – zararlar summasi. 8.2. Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash shakllari Kichik biznesni kredit bilan ta’minlash deganda, bu ularga pul yoki tovar shaklidagi vositalarni ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi. Kredit munosabati ikki subyekt biri – pul egasi, ya’ni qarz beruvchi; ikkinchisi – pulga muhtoj, ya’ni qarz oluvchi o’rtasida yuzaga keladi. Kredit, tovar va pul ko’rinishidagi mablag’larni qaytarib berish, muddatlilik va foiz to’lash shartlari asosida berish natijasida yuzaga keladi. Kredit berilish muddatiga ko’ra, uch turga bo’linadi: 1. Qisqa muddatli kreditlar (muddati bir yilgacha bo’lgan kreditlar). 2. O’rta muddatli kreditlar (muddati bir yildan uch yilgacha bo’lgan kreditlar). 3. Uzoq muddatli kreditlar (muddati uch yildan ortiq kreditlar). Xalqaro kreditlar berilish muddatiga ko’ra birmuncha farq qiladi. Bunda bir yildan besh yilgacha muddatga berilgan kreditlar o’rta muddatli, besh yil va undan ortiq muddatga berilgan kreditlar uzoq muddatli kreditlar deb hisoblanadi. Kredit va moliya tushunchalari o’rtasida bir tomondan, umumiylik bo’lsa, ikkinchi tomondan, farqli jihatlar mavjud. Agar moliya barcha xo’jalik subyektlarining o’ziga tegishli pul mablag’lari xususidagi aloqalarni anglatsa, kredit, bundan farqliroq, o’zga mulki bo’lgan pulni qarzga olib ishlatish borasidagi munosabatlarni bildiradi va bozor munosabatlarining bir elementi hisoblanadi. Moliya bilan kreditning umumiyligi shuki, ularning har ikkalasi ham pul mablag’lari yuzasidan bo’lgan munosabatlarni jamlash va ishlatish usulining turlicha bo’lishidan kelib chiqadi. Moliyada o’z mulki bo’lgan pul resurslarini xohlagan vaqtda, hyech qanday xarajatsiz ishlatishi mumkin. Kredit esa o’zgalar pul mablag’ini haq to’lagan holda vaqtincha ishlatib turish va muddati kelganda qaytarib berishni anglatadi. Kredit tovar-pul munosabatlariga xos va pul harakatini bildiruvchi kategoriyadir. Kredit subyektlari har xil bo’lishi mumkin. Bularga korxona, firma, tashkilot, davlat va turli toifadagi aholi kiradi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling