Tadbirkorlik pdf
Ўзбекистон Республикаси тижорат банклари
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
Ўзбекистон Республикаси тижорат банклари
томонидан амалга оширилган қўшимча акциялар бўйича янги эмиссия ҳажмининг ўзгариши, млрд. сўм 117,0 276,4 489,2 0,0 100,0 200,0 300,0 400,0 500,0 600,0 2007 йил 2008 йил 2009 йил 6.5.2-rasm. E’tiborlisi shundaki, tijorat banklari aksiyalari birjada doimiy kotirovka qilinmoqda va uning natijalari tegishli nashrlarda muntazam e’lon qilib borilmoqda. 2010 yilda tijorat banklarining jami kapitalini kamida 20 foizga oshirish va yaqin 2 yilda banklar jami banklar kapitali darajasini YaIMga nisbatan 10 foizga yetkazish ko’zda tutilmoqda. 2010 yilda tijorat banklari tomonidan yana 250 mlrd. so’mlik qo’shimcha aksiyalar muomalaga chiqarilib, banklar ustav kapitallarining oshirilishi kutilmoqda. Masalan, Xalq banki keyingi 4 yil davomida o’z ustav kapitalini 10 mlrd. so’mdan avval 100 mlrd. so’mga, keyin 200 mlrd. so’mgacha oshirishni mo’ljallamoqda. 2009 yildagi bank sohasidagi islohotlardan yana biri shuki, endilikda barcha mulkchilik shaklidagi tijorat banklari korporativ obligasiyalar chiqarish huquqiga ega bo’lishdi. Bu o’z navbatida respublika obligasiyalar bozorining rivojlanishiga ijobiy tasir ko’rsatadi, shuningdek tijorat banklarining «Toshkent» Respublika Fond birjasidagi ishtirokini ham jadallashtiradi. 2009 yilda «Toshkent» Respublika Fond birjasidagi savdolarning deyarli 44 foizini respublika tijorat banklarining aksiyalari tashkil qildi va 39,4 mlrd. so’mga teng bo’ldi. Ushbu summaning 37,1 mlrd. so’mi nodavlat banklar va ustav kapitalida davlatning ulushi «nazorat paketi»ga teng bo’lmagan banklar hisobiga to’g’ri keladi. 2008-2009 yillarda qo’shimcha emissiya qilingan aksiyalarning tarkibida imtiyozli aksiyalar sonining hissasi oldingi yillardagi 1,1-2,2 foizdan 0,6-0,7 foizgacha pasaydi. Ushbu holat qo’shimcha emissiyalarda davlat ishtirokining oshganligi, ya’ni davlat tomonidan banklardagi nazoratni olishga bo’lgan qiziqishning yuqoriligi bilan izohlanadi. Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorini yanada rivojlantirish va erkinlashtirish, uning doimiy barqaror faoliyat yuritishni ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib borildi. O’tgan yillar ichida mamlakatda iqtisodiyotning strategik ahamiyatga ega tarmoqlarini shakllantirishga qapatilgan samarali iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi, barqaror iqtisodiy o’sish, valyuta mablag’larining doimiy tushumi manbalari va yetarli darajada valyuta zaxiralarini shakllantirish orqali milliy valyutaning xarid quvvatini chetdan olinadigan qarz mablag’larisiz saqlab turishga zamin yaratildi. Joriy yilda Markaziy bank pul-kredit siyosatining bilvosita dastaklaridan foydalanishni yanada kengaytirish bilan bir qatorda, o’zgaruvchan foiz stavkalarini tezkor boshqarishni davom ettirildi. 2010 yil 1 yanvar holatiga O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan jami 293 ta milliy valyutadagi va 118 ta xorijiy valyutadagi omonat turlari aholi, korxona va tashkilotlarga taqdim etilmokda. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarish, avvalo, bank tizimi bilan bevosita bog’liq bo’lib kelmoqda. Shuning uchun ham bank kreditlaridan samarali foydalanish, ularning eng qulay shakllaridan, jumladan, iste’mol va ipoteka kreditidan foydalanish ham muhim masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi kunda Respublikamiz aholisi uchun iste’mol va ipoteka kreditining turli variantlari joriy etilgan bo’lib, respublika tijorat banklari tomonidan aholining ushbu kreditlarga ehtiyojlarini qondirishga alohida e’tibor qaratilgan. Chunki, iste’mol kreditlarining berilishi aholi uchun respublikada ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini sotib olish uchun keng imkoniyatlar yaratib bersa, ipoteka kreditlari yosh oilalar va boshqa toifadagi aholining uy-joy bilan ta’minlanish darajasini oshiradi. 2010 yil 1 yanvar holatiga O’zbekiston banklari Assosiasiyasiga a’zo 19 ta tijorat banki tomonidan 40 dan ortiq turdagi iste’mol krediti joriy etilgan bo’lib, ular 6 oydan 3 yilgacha muddatga beriladi. 2009 yilning oktyabr-noyabr oylari davomida 11 ta yangi turdagi iste’mol kreditlari muomalaga chiqarildi. Bundan tashqari ba’zi banklar tomonidan amaldagi iste’mol kreditlarining shart va talablariga biroz o’zgarishlar kiritildi. Hozirda 20 ta tijorat banklari tomonidan 37 ta turdagi ipoteka krediti joriy etilgan bo’lib, ular 3 yildan 15 yilgacha muddatga beriladi. Ipoteka krediti uy-joy sotib olish, qurish va oldindan sotib olingan uy-joylarni ta’mirlash uchun ajratiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 iyuldagi 670-sonli «Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizasiyalashdagi investisiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi va 2007 yil 7 noyabrdagi 726-sonli «Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo’sh pul mablag’larini bank aylanmasiga jalb etish chora- tadbirlari to’g’risida»gi Qarorlariga muvofiq banklarning minimal ustav kapitallari miqdoriga o’zgartirishlar kiritildi. Ushbu qarorlarga muvofiq yangi tashkil etilayotgan tijorat banklarining minimal ustav kapitali 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab, quyidagicha miqdorda belgilab qo’yildi: - tijorat banklari uchun so’m ekvivalentida 5 mln. yevro miqdorida; - xususiy banklar uchun so’m ekvivalentida 2,5 mln. yevro miqdorida. Respublikamiz bank amaliyotida kreditlash shakllaridan keng foydalanish mijozlarning kreditlarga ehtiyojlarini to’laroq qondirish, banklarning kredit operasiyalari ko’lamini kengaytirish, kredit riskini ma’lum darajada minimallashtirish va nihoyat banklarning kredit operasiyalaridan oladigan daromadlari oshishiga olib keladi. 2010 yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash maqsadida 2009 yildagiga nisbatan 1,4 barobar ko’proq kredit resurslarini ajratish ustuvor yo’nalish qilib belgilandi. Shu bilan birga, mikrokreditlarning darajasi esa 1,3 barobarga o’sishi kutilmoqda (6.5.3-rasm). Bugungi kunda bank faoliyati barqarorligining asosi bo’lgan Markaziy bank nochor banklarni aniqlash va ularga iqtisodiy madad berish, ularning sinishiga yo’l qo’ymaslik chora-tadbirlarini ko’rmoqda. Bu o’z navbatida tijorat banklari moliyaviy barqarorligining oshirilishi hamda aholining bank tizimiga ishonchini yanada mustahkamlanishiga imkon yaratmoqda. So’nggi yillarda mamlakatimiz tijorat banklari hamda yangi tashkil topayotgan kredit institutlari o’rtasida teng va beg’araz raqobat vujudga kelmoqda. Bu esa tijorat banklari boshqaruv strategiyasining to’g’ri tanlanganligi, aktivlarning ishonchli joylashtirilganligi, majburiyatlarni bajarish va likvidlilikni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishish zarurligi hamda shu asosda yuqori daromadga erishish mumkinligidan darak bermoqda. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling