Tadbirkorlik pdf


Umumdavlat soliqlarga quyidagilar kiradi


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Umumdavlat soliqlarga quyidagilar kiradi:
- yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i;
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
- qo’shilgan qiymat solig’i;
- aksiz solig’i;
- yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Mahalliy soliq va yig’imlarga quyidagilar kiradi:
- mol-mulk solig’i;
- yer solig’i;
- avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq;


- savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan, ayrim turlardagi
tovarlarni sotish huquqini beruvchi lisenziya yig’imlari;
- yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi
jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun yig’im;
- avtotransport to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im;
- obodonchilik ishlari uchun yig’im;
- ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yig’im;
- boshqa mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan yig’imlar.
Mahalliy soliq va yig’imlar mahalliy byudjetga o’tkaziladi.
Soliq nimaga olinsa, o’sha narsa soliq obyekti bo’ladi. Soliq obyekti 3
guruhga bo’linadi: aylanma, daromad va mulk.
Soliq obyektining har bir soliq birligi uchun davlat tomonidan belgilab
qo’yilgan me’yori soliq stavkasi deb yuritiladi. Bu stavka qat’iy summalarda yoki
foizlarda obyektga nisbatan qo’llaniladi.
Soliq stavkalari proporsional, progressiv va regressiv ko’rinishlarda bo’lishi
mumkin.
Proporsional soliq stavkasi usulida foyda yoki aylanmaga ega yuridik va
jismoniy shaxslar bir xil ulushda soliq to’laydilar. Bu yerda soliq stavkasi qat’iy
o’rnatilgan bo’lib, mutanosib ravishda olinadi. Masalan, korxona asosiy
fondlarining o’rtacha yillik qiymati 200 mln so’m bo’lib, undan undiriladigan soliq
stavkasi 2 foiz belgilanganda, soliq summasi hisobot yili uchun 4 mln. so’mni (200
mln x 2:100) tashkil etadi. 
Daromad yoki foyda ortib borishi bilan soliq stavkasi ham ortib borishi ko’zda
tutilgan bo’lsa, bunday stavkalar progressiv soliq stavkalari deyiladi. Buni biz
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi
bo’lmaganlardan olinadigan daromad solig’i stavkasida yaqqol ko’rishimiz
mumkin.
Regressiv soliq stavkasi usulida daromad o’sishi (oshishi) bilan mahsulot
ishlab chiqarish hajmi ko’payishi yoki eksportga mahsulot ishlab chiqarish
ko’payishi bilan soliq stavkasi kamayib boradi. Demak, bunday korxona byudjetga
kam soliq to’lay boshlaydi. Regressiv soliq stavkalari biror faoliyat yoki sohada
mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish yoki o’z foydasidan biror turdagi xarajatni
kamaytirishni rag’batlantirish maqsadida qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ayrim
mahsulotlar aksiz solig’iga tortiladi.
Aksiz ba’zi iste’mol tovarlari qiymatiga ustama qo’yiladigan egri soliqdir.
Egri soliq deb atalishining sababi – uning byudjetga to’lovchilari aksiz osti
tovarlarini ishlab chiqarib sotuvchilardir. Ammo haqiqiy soliq to’lovchilar
mahsulot yetkazuvchilardan tovarlarni sotib oluvchilar, ya’ni iste’molchilardir.
Shuning uchun bu soliq ba’zi mamlakatlarda iste’mol solig’i deb ham ataladi.
Aksiz solig’i stavkasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Aksiz solig’i stavkalarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilash har yilgi byudjetning asosiy ko’rsatkichlari belgilanganda
ko’rsatiladi. Biroq yil davomida aksiz stavkalariga o’zgartirishlar kiritib borilishi
mumkin.
Aksiz solig’i to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar, mulk


shaklidan qat’iy nazar, shu tovarlarni eksportga chiqarsalar, aksiz solig’i to’lashdan
ozod bo’ladilar. Qizil Yarimoy jamiyati korxonalari ishlab chiqargan tovarlardan
kelgan daromadlarini jamiyatning Ustavida ko’zda tutilgan vazifalarni bajarishga
sarflasa, u holda ular ham aksiz solig’i to’lashdan ozod bo’ladi.
Aksiz solig’i summasi ikki xil formula bilan aniqlanadi. Agar tovarlar
mamlakat ichida ishlab chiqilsa va sotilsa, aksiz solig’i summasi quyidagi formula
yordamida aniqlanadi:

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling