Tadbirkorlik pdf
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
6.5.1-jadval
O’zbekiston Respublikasida 2010 yilgi investision dasturi kapital qo’yilmalarining asosiy parametrlari № Moliyalashtirish manbalarining 2010 yilgi Jamiga 16[16] Қаранг:www.lex.uz nomlari prognoz, mlrd. so’m nisbatan foizda Kapital qo’yilmalar, jami 18220,3 100 1. Markazlashtirilgan investisiyalar 3819,8 20,9 2. Nomarkazlashtirilgan investisiyalar 14400,5 79,1 2.1. Korxonalar mablag’lari 7777,7 42,7 2.2. Tijorat banklari kreditlari 1530,0 8,4 2.2.1 Shu jumladan, ATB «Qishloq qurilish bank»ining imtiyozli kreditlari 256,3 1,4 2.3. To’g’ridan to’g’ri xorijiy investisiyalar v kreditlar 3876,8 21,2 2.4. Aholi mablag’lari 1216,0 6,6 Manba: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1213-sonli «O’zbekiston Respublikasining 2010 yilga investision dasturi haqida»gi Qarori. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi 4010-sonli «Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish to’g’risidagi tartibni tasdiqlash to’g’risida»gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy qobiliyatini tiklash bo’yicha bir qator imtiyozlar (ko’maklar) berilgan. Yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjat orqali tijorat banklariga ham muayyan imkoniyatlar berilgan. Jumladan: - bankrot korxona negizida ustav jamg’armasi 100 foizgacha bo’lgan yangi korxona tashkil etish; - bankrot korxonaning tugatilishi munosabati bilan unga avval berilgan, qoplanmagan krediti, shu jumladan Hukumat kafolati bilan berilgan kredit summasini bank kengashining qarori bilan hisobdan chiqarish; - bankrot korxona uchun malakali boshqaruv kompaniyasini tuzish va jalb qilish; - bankrot korxonani tugatish bahosida sotib olib, uning faoliyatini tiklab, qaytadan bozor bahosida sotish va h.k. Ayni paytda mazkur jarayonning samaradorligi va ta’sirchanligini ta’minlash maqsadida tijorat banklari balansiga o’tkazilgan bankrot korxonalarni tiklash, texnik va texnologik modernizasiya qilish va ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, zarur bo’lganda korxonani to’liq rekonstruksiya qilish orqali faoliyat yo’nalishini o’zgartirish, strategik hamkorlik va investorlarni jalb qilishni nazarda tutuvchi biznes-rejalarni ishlab chiqish belgilangan. Tijorat banklarining likvidligini tartibga solgan holda, 2009 yilda belgilangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga erishish, shuningdek milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank tasarrufida bo’lgan barcha bozor dastaklarini qo’llash ko’lamini kengaytirdi. Bank tizimi likvidligini tartibga solish dastagi sifatida 2009 yil davomida Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda keng qo’llanildi. Shuningdek Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqarilgan Davlat o’rta muddatli obligasiyalari va Markaziy bankning obligasiyalari bilan birlamchi va ikkilamchi bozorlarda oldi-sotdi operasiyalari amalga oshirib borildi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda Markaziy bank boshqaruvi asosida bank tizimida bir qancha amaliy ishlar olib borildi. Banklar kapitallashuv darajasi va bank likvidligining oshirilishi pirovardida ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratadi. Shu bilan birgalikda keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirishda banklarning investisiya kreditlari orqali ishtirokini ta’minlashni faollashtirishda ularning barqaror resurs bazasini shakllantiradi. O’zsanoatqurilishbank, Mikrokreditbank, Xalq banki, Agro bank, Asaka banki va Qishloq qurilish banki ustav kapitallariga davlat mablag’lari yo’naltirildi. Natijada 2009 yilning o’zida tijorat banklarining nizom kapitali 43 foizga oshdi va bu o’z navbatida bank kapitallarini xalqaro tartibga solishining Bazel-2 standartlari bo’yicha begilangan me’yordan banklarimiz kapitallarining yetarlilik darajasi 3 martadan ko’proqni tashkil qildi. So’nggi ikki yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 2 barobar ko’paydi va bugungi kunda 3 trln. so’mdan oshib ketdi. Investisiyalashning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash, shuningdek jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish maqsad qilib qo’yilgan edi. Bu borada, 2009 yil davomida tijorat banklari tomonidan jami 489,2 mlrd. so’mlik 13 ta qo’shimcha aksiyalar emissiyasi amalga oshirildi (6.5.2- rasm). Bu ko’rsatkich 2008 yilga nisbatan 212,8 mlrd. so’m yoki deyarli 77 foizga oshgan. Garchi aksiyalar emissiyasi soni 21 tadan 13 taga kamaygan bo’lsa-da, umumiy emissiyalar hajmi oshishi hisobiga o’rtacha emissiya hajmi 13,2 mlrd. so’mdan 37,6 mlrd. so’mga o’sdi. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari uchun 2009 yil o’ziga xos islohot va o’zgarishlarga boy bo’ldi. Bunda respublika tijorat banklarining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy inqirozga qarshi kurashish borasida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qabul qilingan qaror va 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar Davlat dasturi muhim ahamiyat kasb etdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling