Tadbirkorlik pdf


Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo’jalik subyektlari bo’sh pul


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

6.4. Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo’jalik subyektlari bo’sh pul
mablag’larini jalb etish va bank xizmatlari turini rivojlantirish
Banklar tomonidan aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’lamini kengaytirish,
zamonaviy texnologiyalar asosida qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilib
kelinayotgan bir qator chora-tadbirlar ham mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy
hayotida o’z aksini topmoqda.
Prezidentimiz «Bankdan tashqari pul aylanmasini keskin qisqartirish va pul
muomalasini mustahkamlash, milliy valyuta barqarorligini oshirish, chakana savdo


va xizmat ko’rsatish sohasida hisob-kitoblarni amalga oshirishda plastik
kartochkalardan foydalanishni kengaytirish masalalari bundan buyon ham
e’tiborimiz markazida bo’lishi darkor», deb ta’kidlab o’tgan edi.
Shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Banklardagi depozit
hisobvaraqlardan naqd pul to’lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari
to’g’risida»gi 2005 yil 5 avgustdagi 147-sonli qarori talablarini ijro etish borasida
bank tizimi tomonidan amalga oshirilgan bir qator chora-tadbirlar aholining bank
tizimiga ishonchi yanada oshishiga olib keldi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi
4057-sonli Farmoniga muvofiq, fuqarolarning tijorat banklari depozit
hisobvaraqlaridagi omonatlari ularning miqdoridan qat’iy nazar to’liq
qaytarilishining davlat tomonidan kafolatlanganligi aholining bank tizimiga
ishonchi yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi va bu jismoniy shaxslarning
banklardagi omonatlari hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. 
Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 13 fevraldagi 1-sonli majlis bayoni
talablaridan kelib chiqqan holda, aholining bo’sh pul mablag’larini banklardagi
omonatlarga jalb etilishida hamda omonatdagi mablag’larni ularning birinchi
talabiga ko’ra berilishida qonun buzilishiga yo’l qo’ymaslik, omonatchilarning
haq-huquqlari himoya qilinishini ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlarning
amalga oshirilishi va banklarning mazkur faoliyatlari ustidan nazoratning yanada
kuchaytirilganligi ham aholi bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga jalb
qilishni yanada jadallashtirdi.
Ayniqsa bunda Prezidentimizning 2009 yil 6 apreldagi «Tijorat banklari
depozitlariga aholi va xo’jalik subyektlari bo’sh pul mablag’larini jalb etishni
yanada rag’batlantirish qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorlari muhim
omil bo’lmoqda.
Ushbu vazifadan kelib chiqqan holda, bank tizimida aholiga ko’rsatilayotgan
zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar
tizimini keng joriy etish, jumladan plastik kartochkalardan foydalanishni
rivojlantirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ko’rib borildi. Amalga oshirilgan ishlar
natijasida, 2010 yil 1 yanvar holatiga tijorat banklari tomonidan savdo va xizmat
ko’rsatish shoxobchalariga o’rnatilgan terminallarning umumiy soni 60631 tani,
kartochkalar umumiy soni 6058,9 mingtani, shundan oylik ish haqi loyihalaridagi
kartochkalar soni 3546,7 mingtani tashkil qildi. Korporativ kartochkalar soni 14,1
mingtani tashkil qildi. Plastik kartochkalar hisobvaraqlariga 3846 mlrd. so’mlik
mablag’lar o’tkazildi. 
O’z navbatida, plastik kartochka va terminallar yordamida amalga oshirilgan
o’tkazmalar hajmini yildan-yilga yuqori sur’atlarda oshirib borish ko’zda tutilgan.
Shunga ko’ra, amaldagi barcha tegishli me’yoriy hujjatlarga, shu jumladan,
Markaziy bankning naqd pul muomalasiga taalluqli yo’riqnomalariga tegishli
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Naqd pul muomalasida mavjud bo’lgan
barcha cheklovlar bekor qilinishi esa naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitoblarni
birxillashtirish borasida qo’yilgan muhim qadam bo’ldi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida naqd pul muomalasi yanada
mustahkamlanib, naqd pul mablag’larining bankdan tashqari aylanmasini


qisqartirishga zamin yaratdi. Shuningdek, xo’jalik yurituvchi subyektlarning
banklardagi depozit hisobvaraqlaridan naqd pullarning uzluksiz berib borilishi
to’liq ta’minlab borildi. 
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz hukumati tomonidan bank tizimida plastik
kartochkalar miqdorini oshirish va aholini plastik kartochkalar bilan hisob-
kitoblarini amalga oshirishni rag’batlantirish borasida bir qancha imtiyozlar
berilmoqda. Shulardan biri plastik kartochkalarga xizmat ko’rsatadigan prosessing
markazlari va bankomatlarni keltirish hamda ularni o’rnatish borasida bojxona
to’lovlaridan 2020 yilga qadar ozod qilish chora-tadbirlari belgilangan.
Monetar siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, Markaziy
bank pul-kredit siyosatining bilvosita dastaklaridan keng foydalangan holda pul
taklifi o’sishining asosiy manbai bo’lgan oltin-valyuta zaxiralarining oshishi
hisobiga muomalaga chiqarilgan pul massasi hajmini boshqarish choralarini ko’rib
bordi.
Markaziy bank tomonidan pul-kredit sohasida amalga oshirilgan aniq chora-
tadbirlar natijasida o’tgan yilda pul agregatlari belgilangan prognoz ko’rsatkichlari
doirasida, ya’ni pul massasining yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishiga
muvofiqligi ta’minlandi.
Monetar siyosat borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iste’mol
mahsulotlari narxlariga monetar omillarning ta’sirini bartaraf etdi, inflyasiya
darajasi esa prognoz ko’rsatkichdan oshmadi va 7,4 foizni tashkil qildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi 4057-sonli
Farmoniga muvofiq fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlaridagi
omonatlari ularning miqdoridan qat’iy nazar to’liq qaytarilishining davlat
tomonidan kafolatlanganligi aholining bank tizimiga ishonchining yanada
mustahkamlanishiga va pirovard natijada jismoniy shaxslarning banklardagi
omonatlari hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. 
Xalqaro banklar tajribasini o’rgangan holda «Tijorat banklari tomonidan
Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi to’g’risida»gi Nizomga
o’zgartirishlar kiritib borildi. Banklarning barqarorligini yanada mustahkamlash va
ularning likvidligini tartibga solish maqsadida 2008 yilning 1 dekabridan boshlab,
tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy zaxiralar fondiga o’tkazmalari
bo’yicha me’yor milliy va xorijiy valyutada jalb qilingan depozitlar uchun bir xil,
ya’ni 15 foiz qilib belgilandi. Shuningdek, majburiy zaxiralarga deponentlanadigan
mablag’larni hisoblash metodologiyasi ham takomillashtirib borildi.
2009 yilda bank tizimini isloh qilish jarayonida O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2009 yil 28 iyuldagi 1166-sonli Qaroriga asosan pul massasining
maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda va tijorat banklari tomonidan uzoq
muddatli depozitlar jalb qilishni rag’batlantirish maqsadida 2009 yilning 1
sentyabridan boshlab, tabaqalashtirilgan majburiy zaxiralar normasi joriy etildi.
Respublika bank Kengashining 2009 yil 15 apreldagi 2-sonli qaroriga
muvofiq, foiz stavkalarini yuridik shaxslarning banklardagi 6 oydan ortiq
muddatga joylashtirilgan depozitlari uchun qayta moliyalash stavkasining 75
foizidan kam bo’lmagan miqdorda, aholining 1 yildan ortiq muddatga
joylashtirilgan depozitlari uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 150


foizidan kam bo’lmagan miqdorda hamda jismoniy shaxslarning plastik
kartochkalardagi mablag’lari uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasidan
kam bo’lmagan miqdorda belgilash yuzasidan tavsiyalar berildi. 
Narxlar o’zgarishining amaldagi va kutilayotgan darajasini hisobga olgan
holda 2009 yilda qayta moliyalashtirish stavkasi 14 foiz darajasida ushlab
turilganligi banklararo bozordagi foiz stavkalarning barqaror bo’lishini
ta’minlamoqda. Bu esa o’z navbatida, tijorat banklarining depozit va kredit foiz
stavkalarining pasayishiga olib keldi.
Monetar siyosatning 2010 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari hamda
inflyasiyaning amaldagi va kutilayotgan darajasidan kelib chiqqan holda Markaziy
bankning qayta moliyalash stavkasi o’zgartirilmadi. Bu holat respublika banklar
tizimi barqarorligidan dalolat beradi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling