Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet “iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug’urta” kafedrasi “menejment” ta’lim yo‘nalishi


Download 100.62 Kb.
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi100.62 Kb.
#1369014
  1   2   3   4   5
Bog'liq
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI botir


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SIRTQI FAKULTET

IQTISODIYOT, BOSHQARUV, SOLIQLAR VA SUG’URTA” KAFEDRASI

MENEJMENT” ta’lim yo‘nalishi
3-kurs SM-82 guruhi talabasi
Boboxonov Botirning

Iqtisodiy tahlil” fanidan


MUSTAQIL ISHI


















Korxonalar iqtisodiy nochorligi(bankrotligini)baxolash va tahlil qilish
Reja:
I. Umumiy qoidalar
II. Korxonalar mol-mulkining baholash qiymatini aniqlash
III. Korxonalar mol-mulkini sotish

Iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning tarkibiy o‘zgartirilishi va bankrot bo‘lishi jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi taqdimnomasiga ko‘ra tarkibiy o‘zgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalar, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalar o‘z balansidagi:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
turar joylar, yotoqxonalar, bolalar bog‘chalari va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa obyektlarini — o‘zlari joylashgan joy bo‘yicha shaharlar va tumanlar hokimliklari balansiga;
umumiy foydalaniladigan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini (elektr tarmog‘i xo‘jaligi, suv ta’minoti obyektlari, transport kommunikatsiyalari va hokazolar) — funksional mansubliligiga ko‘ra tegishli xo‘jalik birlashmalarining korxonalari balansiga joriy holati bo‘yicha belgilangan tartibda beradilar.
Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorga muvofiq balansdan balansga berilayotgan umumiy foydalaniladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari qiymati beruvchi tomon uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashda va qabul qiluvchi tomon uchun daromad (foyda) solig‘ini hisoblash chog‘ida soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi shaharlar va tumanlar hokimliklari, iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari balansiga berilayotgan manfaatdor xo‘jalik birlashmalari, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalar bilan birgalikda berilayotgan obyektlarni puxta xatlovdan o‘tkazsinlar hamda ularni keyinchalik xususiylashtirish, mablag‘ bilan ta’minlash manbalari va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tarkibiy o‘zgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror tarkibiy o‘zgartirish yoki bankrotlik tartiboti amalga oshirish davrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘rsatib o‘tilgan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-yanvardagi 2-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 1-son, 2-modda)

Download 100.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling