Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet “iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug’urta” kafedrasi “menejment” ta’lim yo‘nalishi


Download 100.62 Kb.
bet2/5
Sana21.04.2023
Hajmi100.62 Kb.
#1369014
1   2   3   4   5
Bog'liq
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI botir

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining hududiy organlari xulosalarini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga tarkibiy o‘zgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llaniladigan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish to‘g‘risida takliflar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarni konservatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqishning cheklangan muddatlari ko‘pi bilan ikki hafta etib belgilansin.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hay’atining qaroriga ko‘ra tarkibiy o‘zgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning (mulkiy kompleksni va biznesni baholash ham shu jumlaga kiradi), shuningdek iqtisodiy sudning qarori bilan ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning mol-mulkini xalqaro metodikaga muvofiq mol-mulkning real bozor, investitsiya va tugatish qiymatini hisobga oluvchi baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshirilgan baholash kimoshdi savdolarida va oshkora taklif asosida mol-mulkni sotishda belgilangan tartibda boshlang‘ich baho sifatida qo‘llanilishi mumkin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat bankining mulki qilib berilgan bankrot korxonaning kreditorlari bilan uzil-kesil hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha hisoblab chiqilgan qo‘yilgan mablag‘lar bo‘yicha foiz daromadi va sotish summasining 10 foizi miqdoridagi marja hisobga olingan holda ilgari bankrot korxonaga berilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlik, faoliyatni tiklashga bankning xarajatlari chiqarib tashlangan holda keyinchalik korxonani bozor qiymati bo‘yicha strategik investorlarga sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qolgan mablag‘lar foyda sifatida bankka yuboriladi. Mablag‘lar yetarli bo‘lmaganda kreditorlar bilan hisob-kitoblar “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 134-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Mazkur bandning uchinchi—oltinchi xatboshida ko‘rsatilgan tartib 2005—2007-yillarda amal qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-avgustdagi 204-son qaroriga muvofiq uchinchi—yettinchi xatboshlari bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34-36-son, 263-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi 2003-yil mobaynida korporativ boshqaruvni takomillashtirish va moliyaviy nobarqaror korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish maqsadlari uchun Osiyo taraqqiyot bankining qarzini jalb etish masalasini ishlab chiqsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Download 100.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling