Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet “iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug’urta” kafedrasi “menejment” ta’lim yo‘nalishi


Tugatilgan korxonalar mol-mulkini qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotish


Download 100.62 Kb.
bet5/5
Sana21.04.2023
Hajmi100.62 Kb.
#1369014
1   2   3   4   5
Bog'liq
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI botir

Tugatilgan korxonalar mol-mulkini qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotish
22. Tugatish ishlari tartibotida turgan korxonalar mol-mulki qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Mol-mulkni qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotish sud boshqaruvchisi tomonidan, kreditorlar (qo‘mitasi) majlisi bilan kelishuv bo‘yicha va sotib oluvchi tomonidan unga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining tegishli kafolatnomasi taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Iqtisodiy sud mol-mulkni uning qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotish to‘g‘risida xabardor qilinadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
24. Mol-mulkni qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotish oldi-sotdi shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi, shartnoma u tuzilgan paytdan boshlab o‘n kun mobaynida dastlabki badal to‘lanishini nazarda tutadi. Bunda dastlabki badal miqdori mol-mulk qiymatining kamida 15 foizini tashkil qilishi kerak.
25. Mol-mulkni qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotishning umumiy muddati bir yildan oshmasligi kerak. Mol-mulk qiymatiga ko‘ra uni qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravariga teng bo‘lganda — uch oygacha;
mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha teng bo‘lganda — uch oydan olti oygacha;
mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan ming baravarigacha teng bo‘lganda — olti oydan to‘qqiz oygacha;
mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ming baravaridan yuqori bo‘lganda — to‘qqiz oydan bir yilgacha.
Download 100.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling