Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet “iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug’urta” kafedrasi “menejment” ta’lim yo‘nalishi


III. Korxonalar mol-mulkini sotish


Download 100.62 Kb.
bet4/5
Sana21.04.2023
Hajmi100.62 Kb.
#1369014
1   2   3   4   5
Bog'liq
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI botir

III. Korxonalar mol-mulkini sotish
13. Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalar va ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalar mol-mulkini sotish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
kimoshdi savdolari;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-fevraldagi 52-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 83-modda)
tanlov bo‘yicha savdolar;
oshkora oferta shartlaridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri savdolar.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Korxonalarning davlatga qisman yoki to‘liq tegishli bo‘lgan mol-mulki savdolarini o‘tkazish shakli O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Unga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxona mol-mulkini sotish hollarida (tugatish ishlaridan tashqari) savdolar tashkilotchisiga (ixtisoslashtirilgan tashkilotga) quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
muassislar (qatnashchilar)ning vakolatli organi yoki mulkdorning belgilangan tartibdagi qarori protokoli;
kreditorlar majlisi protokoli;
sotuvga qo‘yiladigan mol-mulk ro‘yxati;
Oldingi tahrirga qarang.
baholovchi tashkilot tomonidan baholangan mol-mulkni sotishning dastlabki narxini belgilash to‘g‘risidagi hujjat.
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Korxona mol-mulkini sotishda tugatish ishlarini o‘tkazish davomida sud boshqaruvchisi savdolar tashkilotchisiga belgilangan shakl bo‘yicha quyidagi hujjatlar paketi bilan birga buyurtmanoma beradi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-avgustdagi 204-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34-36-son, 263-modda)
sudning korxonani bankrot deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qarori nusxasi;
sotilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan ko‘chmas mulk obyektlari uchun kadastr hujjati;
Oldingi tahrirga qarang.
sotuvga qo‘yilayotgan mol-mulk ro‘yxati, unda baholovchi tashkilot tomonidan baholangan har bir obyektning dastlabki narxi ko‘rsatilgan bo‘ladi;
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
belgilangan tartibga muvofiq boshqa materiallar.
17. Savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish va manfaatdor shaxslarni sotiladigan obyektlar hamda savdolar shartlari bilan tanishtirish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
18. Dastlabki savdolarda sotilmagan mol-mulk takroriy savdolarga qo‘yiladi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasi asosida sotilishi mumkin.
19. Ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning oldingi savdolarda sotilmagan mol-mulki narxi takroriy savdolarda kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisi qaroriga ko‘ra, tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarning oldingi savdolarda sotilmagan mol-mulki narxi esa — vakolatli organ qaroriga ko‘ra pasaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxona mol-mulki takroriy savdolarda bir oy mobaynida sotilmagan taqdirda hujjatlar belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasi asosida sotish uchun sotuvchiga qaytariladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 76-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 157-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisining roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda, sud boshqaruvchisi takroriy savdolar o‘tkazmasdan, korxonani mulkiy kompleks sifatida oshkora oferta shartlarida sotishi mumkin.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 76-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 157-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
201. Mulkni sotish birinchi badalning shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab o‘n kun mobaynida to‘lanishini nazarda tutadigan olti-sotdi shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bunda birinchi badal miqdori mulkning kamida 15 foizini tashkil etishi kerak.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Korxonaning mol-mulki tugatish ishlari davomida oxirgi oshkora savdolar o‘tkazilgandan keyin kelgusida korxonaning mol-mulkini tasarruf etish “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 143-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 76-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 157-modda)

Download 100.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling